3.4. Narxlarni tartibga soluvchi koeffitsientlar
(pasaytiruvchi yoki oshiruvchi).
Transfert narxlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xalqaro hujjatlar
mavjud emas. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan
transmilliy korxonalar va soliq organlari uchun transfert narxlar bo‗yicha Qo‗llanma
(OECD Transfer pricing guidelines for multinational enterprises and tax
administrations) (keyingi o‗rinlarda – Qo‗llanma) ishlab chiqilgan. Bu tavsiyaviy
tusdagi hujjat bo‗lsa-da, uning qoidalari turli mamlakatlar, jumladan IHTT a‘zosi
bo‗lmagan davlatlar milliy qonunchiligida ham o‗z aksini topgan.
Hozirda amalda bo‗lib turgan Qo‗llanma 1979- yilda qabul qilingan Transfert
narxlar bo‗yicha Hisobotning yangi tahriri hisoblanadi. Qo‗llanma 2010- yil
22- iyulda tasdiqlangan. Qo‗llanmada soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash
usullari ikki guruhga ajratilgan: an‘anaviy usullar hamda tahlil va foydani
taqsimlashga asoslangan usullar. Qo‗llanma transfert narxlarni aniqlashning quyidagi
usullaridan foydalanishni tavsiya etadi:
An‘anaviy usullar:
Bozor narxi usuli (comparable uncontrolled price method);
Qayta sotish narxi usuli (resale price method);
Joriy xarajatlar usuli (cost-plus method).
59
Tahlil va foydani taqsimlashga asoslangan usullar:
Bitim bo‗yicha toza marja usuli ( Transactional net margin method);
Bitim bo‗yicha foydani taqsimlash usuli (Transactional profit split method).
Transfert narxlar hosil qilinishini aniqlashning qaysi usulini tanlash ishning
aniq holatiga bog‗liq bo‗lib, har bir usulning afzallik va kamchilik tomonlari, ularni
qo‗llash uchun zarur ma‘lumotlarni to‗plash imkoniyati, bitimlarni o‗zaro solishtirish
darajasi singari faktorlar e‘tiborga olinadi.
Qo‗llanmaning yuridik tabiati to‗g‗risida mulohaza qiladigan bo‗lsak, IHTT
to‗g‗risida konvensiyaning 5(b)-moddasiga ko‗ra majburiy xususiyatga ega emas va
IHTTga a‘zo davlatlarga Qo‗llanmaga rioya qilish tavsiya etiladi xolos.
SHunday bo‗lsa-da, IHTTga a‘zo va a‘zo bo‗lmagan davlatlar tomonidan
transfert narxlar bo‗yicha qonunchilikni ishlab chiqishda Qo‗llanmadan keng
foydalanib kelinmoqda. SHuningdek transfert narxlar bo‗yicha nizolarni ko‗rib
chiqish davomida ko‗pgina mamlakatlar sudlari Qo‗llanmadan foydalangan holda
mamlakat transfert narxlar qonunchiligini sharhlashda foydalanmoqdalar.
Masalan, Irlandiya, Meksika, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Latviya,
Peru va Ruminiya davlatlari o‗zlarining transfert narxlar bo‗yicha milliy
qonunchiligida Qo‗llanmadan mazkur qonunlarni sharhlash maqsadida foydalanish
to‗g‗risida qoidalarni kiritganlar.
Transfert narxlarni tartibga solish bo‗yicha AQSH tajribasi Transfert narxlarni
tartibga solishga qaratilgan milliy qonunchiliklar tarixiga nazar solsak, bu sohada
AQSH boshqa davlatlarga nisbatan ancha ilgarilab ketganiga guvoh bo‗lamiz.
AQSH Ichki daromad kodeksi (Soliq kodeksi) 482-qismida transfert narxlarni
tartibga soladigan qoidalar belgilangan. Mazkur 482-qism 1920-yillarda qabul
qilingan. Unda soliq organlariga firmalararo tijorat munosabatlarida soliq to‗lashdan
qochish maqsadida past narxlar o‗rnatilgan bo‗lsa, soliq organlariga narxlarga
tuzatish kiritish hamda ularni qayta hisoblab chiqish va soliq solish bo‗yicha
vakolatlar berilgan. Ushbu 482-qismda transfert narxlarni aniqlashning maxsus
60
usullari belgilab berilgan. Mazkur usullar Qo‗llanmada belgilangan usullarga
o‗xshash. CHunki AQSHda transfert narxlar bo‗yicha qonun hujjatlari avvalroq
ishlab chiqilgan hamda undagi qoidalardan 1960-yillarda Qo‗llanmani ishlab
chiqishda ham foydalanilgan.
AQSHning transfert narxlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchiligi soliq
to‗lovchilarni o‗zaro aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzish davomida transfert
narxlar shakllanishining oldini olish maqsadida Ichki daromad xizmati bilan
Dastlabki narxlash bo‗yicha kelishuv (Advance Pricing Agreement (APA)ga
kirishishi mumkin. Mazkur kelishuvlarni amaliyotga kiritish ham AQSHda
boshlangan va boshqa mamlakatlarning qonunchiligiga inkorporatsiya qilinishiga
asos bo‗lib xizmat qilgan. Mazkur holda o‗zaro aloqador kompaniyalar bilan bitimlar
tuzayotgan kompaniya soliq organlari tomonidan tekshiruvlar o‗tkazilishi va hujjatlar
tayyorlashning o‗rniga soliq organi bilan kelishuv tuzadi. Bu esa kompaniyalar uchun
ham, soliq xizmati organlari uchun ham kelib chiqishi mumkin bo‗lgan nizolarni hal
qilish xarajatlarining oldini oladi.
Buyuk Britaniyaning amaldagi transfert narxlarni tartibga solishga qaratilgan
qonunchiligi 2010 yilda qabul qilingan Soliq solish to‗g‗risida qonun (Taxation Act
(International and Other Provisions, Xalqaro va boshqa qoidalar) bilan tartibga
solinadi. Mazkur qonun kompaniyalar tomonidan transfert narxlarni qo‗llagan
hollarda soliq xizmati organlari tomonidan transfert narxlar shakllanishini hisoblab
chiqish usullari, narxlar bilan manipulyasiya qilish hollari mavjud bo‗lgan hollarda
narxlarga tuzatishlar kiritish asoslari va usullarini belgilab beradi. Buyuk Britaniya
qonunchiligida ham kompaniyalar va soliq xizmati organlari o‗rtasida Dastlabki
narxlash bo‗yicha kelishuv (Advance Pricing Agreement (APA)ga kirishishi
mumkinligi belgilab qo‗yilgan.
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi Rossiya Federatsiyasida transfert narxlarni
tartibga solishga qaratilgan qonunchilikning qabul qilinganiga unchalik ko‗p bo‗lgani
yo‗q. 2011- yil 18- iyulda «Soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash prinsiplarini
61
takomillashtirish sababli Rossiya Federatsiyasining ba‘zi qonunlariga o‗zgartirish
kiritish to‗g‗risida» qonun qabul qilingan. Mazkur qonun bilan Rossiya Federatsiyasi
Soliq kodeksiga yangi – «V.1. O‗zaro aloqador shaxslar. Narxlar va soliq solishning
umumiy qoidalari. O‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida tuziladigan bitimlar bo‗yicha
soliq nazorati. Narxlarni shakllantirish bo‗yicha kelishuv» bo‗lim kiritildi. Soliq
kodeksiga kiritilgan mazkur qo‗shimchalar Qo‗llanmada keltirilgan tavsiyalarga mos
keladi. YAngi kiritilgan qoidalar transfert narxlardan foydalanish sohasida davlat
nazoratini amalga oshirishning samaradorligini oshirishga bag‗ishlangan. Kiritilgan
o‗zgartirishlar o‗zaro aloqador shaxslar tushunchasini ancha kengaytirib berdi.
O‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida tuziladigan bitimlar nazorat qilinuvchi bitimlar
deb tan olingan3 . Qonunchilik, shuningdek, nazorat qilinuvchi bitimlarning boshqa
turlarini ham ko‗rsatib o‗tadi. O‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida tuzilgan
bitimlardagi daromadlarni aniqlashning quyidagi usullarini qo‗llash belgilab
qo‗yilgan:
● Solishtirma bozor narxlari usuli;
● Qayta sotish narxi usuli;
● Xarajatlar usuli;
● Solishtirma rentabellik usuli;
● Foydani taqsimlash usuli.
Transfert
narxlar
yuqoridagi
usullarni
qo‗llagan
holda
aniqlanadi.
Qonunchilikda ikki yoki undan ortiq usullarning kombinatsiyasidan foydalanishga
ruxsat beriladi. Soliq kodeksi soliq to‗lovchilarni soliq organlari talabiga binoan
muayyan bitim bo‗yicha hujjatlarni taqdim etish majburiyatini belgilab qo‗ygan.
Mazkur hujjatlar transfert narxlar qo‗llanilishini aniqlash uchun foydalaniladi.
Qonunchilik soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar turini belgilab
beradi. SHuni aytib o‗tish muhimki, Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksida transfert
narxlarni nazorat qilish soliq tekshiruvining yangi turi hisoblanadi. O‗zaro aloqador
shaxslar o‗rtasida bitimlar tuzilishi bilan bog‗liq soliqlarni hisoblab chiqish va
62
to‗lashning to‗laligini tekshirish o‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida shunday bitimlar
tuzilganda amalga oshiriladi. Agar o‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida transfert
narxlarni qo‗llash soliqlar o‗z vaqtida to‗lanmasligiga olib kelsa, bu to‗lanmagan
soliqning 40% miqdorida, 30 000 rubldan kam bo‗lmagan summada jarima to‗lashga
olib keladi. Agar soliq to‗lovchi soliq organlariga mazkur narxlarning bozor narxlari
ekanligini asoslovchi hujjatlarni taqdim etadigan bo‗lsa yoki soliq organlari bilan
Narxlarni shakllantirish to‗g‗risida bitim tuzgan bo‗lsa, mazkur jarimani to‗lashdan
ozod qilinadi4 . Rossiya Federatsiyasi soliq qonunchiligi ham soliq solish maqsadida
narxlarni shakllantirish to‗g‗risida kelishuv tuzish imkoniyatini beradi. Bunday
imkoniyatdan faqatgina qonun bo‗yicha yirik soliq to‗lovchi maqomiga ega bo‗lgan
soliq to‗lovchilar foydalanishi mumkin. Kelishuv soliq to‗lovchi hamda davlat soliq
organi o‗rtasida tuziladi hamda unda kelishuv tuzilgan muddat davomida nazorat
qilinuvchi bitimlar bo‗yicha narxlarni belgilash va (yoki) narxlarni shakllantirishni
aniqlash usullarini qo‗llash tartibi nazarda tutiladi. Qozog‗iston Respublikasi
qonunchiligi MDH davlatlari o‗rtasida transfert narxlarni tartibga solish bo‗yicha
Qozog‗iston Respublikasining tajribasi boshqa davlatlarnikiga nisbatan ko‗proqdir.
Qozog‗iston «Transfert narxlar to‗g‗risida»gi qonunni 2008 yilda qabul qilgan. Bu
mamlakatda transfert narxlarni belgilovchi qoidalar Soliq kodeksining bir qismi
emas, balki alohida qonun hujjati sifatida qabul qilingan. Mazkur qonun transfert
narxlarni nazorat qilishda nafaqat o‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasidagi bitimlarda,
balki boshqa turdagi bitimlar qo‗llaniladigan transfert narxlar qo‗llanilishini nazorat
qiladi. Transfert narxlarning shakllanish bo‗yicha nazorat xalqaro tijorat
operatsiyalari bo‗yicha bitimlar hamda Qozog‗iston Respublikasi hududida
tuziladigan va bevosita xalqaro tijorat operatsiyalari bilan bog‗liq bo‗lgan bitimlar
bo‗yicha amalga oshiriladi5 . Qozog‗iston Respublikasining transfert narxlar
bo‗yicha qonunchiligi Qo‗llanmada keltirilgan tavsiyalarga mos keladi. Mazkur
qonunning 12-moddasiga asosan bitimlardagi bozor narxlarini aniqlash uchun
quyidagi usullardan foydalaniladi:
63
1) solishtirma nazorat qilinmaydigan narxlar usuli;
2) «xarajatlar plyus» usuli;
3) qayta sotish narxi usuli;
4) foydani taqsimlash usuli;
5) sof foyda usuli. Nazorat qilinuvchi bitimlar bo‗yicha narxlarda bozor
narxlaridan boshqacha narx qo‗llaniladigan bo‗lsa, vakolatli organlar bitim
tomonlariga nisbatan tekshiruv o‗tkazishlari mumkin va mazkur tekshiruv natijasiga
ko‗ra vakolatli organlar soliq solish obyekti va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarga
tegishli tuzatishlar kiritadilar.
YUqoridagi misollardan ko‗rinib turibdiki, transfert narxlarni shakllantirish
orqali o‗zaro aloqador shaxslar tomonidan soliqlarni to‗lashdan bo‗yin tovlashga
qarshi kurashish bo‗yicha xalqaro tashkilotlarning aniq tavsiyalari ishlab chiqilgan
hamda mazkur tavsiyalarga tayangan holda ko‗p davlatlarda, shuningdek MDH
davlatlarida soliqlardan bo‗yin tovlashga qarshi kurashish bo‗yicha samarali huquqiy
mexanizmlar ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |