80
2)
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat;
3)
turli monopoliyalar o‗rtasidagi raqobat;
4)
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
SHuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‗irrom va halol raqobatlashuv usullari
ham ajratib ko‗rsatiladi. Raqobatlashuvning noan‘anaviy, jamiyat tomonidan e‘tirof
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari
doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya‘ni,
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‗siga putur etkazish va h.k.)
usullaridan foydalanish g‗irrom raqobat deb yuritiladi. G‗irrom
raqobat orqali
firmalar o‗z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz
bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta‘minotchilarini
kredit va
materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, etakchi mutaxassislarni
og‗dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‗irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali
amal qilishi va raqobat
muhitining ta‘minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal
qilish xususiyatlarini ko‗rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‗quv adabiyotlarida turlicha ta‘rif beriladi.
Jumladan, ba‘zi o‗rinlarda uni «davlat,
korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning
qandaydir xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»
17
sifatida qaralsa,
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har
qanday (ba‘zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»
18
deb ta‘riflanadi. Bu
ta‘riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har
qanday yoki yakka
hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli,
uni quyidagicha ta‘riflash o‗rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori
17
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина,
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 121-б.
18
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, 191-б.;
Тожибоева Д. Иқтисодиѐт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма. Т.:
«Ўқитувчи», 2002, 246-б.
81
narxlarni o‗rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar
va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar
(firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari
19
.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni,
grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy
asosi ishlab chiqarishning
to‗planishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: