Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 
 
5-rasm. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari 
 
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‗rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida 
erkin va mustaqil bo‗lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. CHunki har bir 
mulk egasining o‗z manfaati bo‗lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk 
egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga 
bo‗ysundirilgan bo‗ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat 
qiluvchi subyektlar manfaatlarining to‗qnashuvidan iborat bo‗lishini aniq tavsiflaydi. 
Raqobat mavjud bo‗lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma‘lum 
darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. 
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‗rib chiqish orqali yanada kengroq 
namoyon bo‗ladi. 
Истеъмолчи ва харидорлар 
ўртасида 
Ишлаб чиқарувчи ва 
сотувчилар ўртасида 
Рақобат 
Кўпроқ нафлиликка
эришиш 
Кўпроқ фойда
олиш 
Асосий
мақсадлари 


77
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib 
ko‗rsatish mumkin: 
1)
tartibga solish vazifasi; 
2)
resurslarni joylashtirish vazifasi; 
3)
innovatsion vazifa; 
4)
moslashtirish vazifasi; 
5)
taqsimlash vazifasi; 
6)
nazorat qilish vazifasi. 
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste‘mol)ga 
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o‗tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa 
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining 
yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya‘ni iqtisodiyot 
bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. 
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng 
ko‗p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini 
beradi. 
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga 
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi 
turli ko‗rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit 
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‗naltirilgan bo‗lib, ularning shunchaki 
o‗zini-o‗zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‗jalik faoliyati sohalarining 
ekspansiyasi (kengayishi)ga o‗tishini bildiradi. 
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (yalpi 
ichki mahsulot)ning iste‘molchilar o‗rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir 
o‗tkazadi. 


78
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning 
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‗rnatishiga yo‗l 
qo‗ymaslikka yo‗naltiriladi. 
Raqobat kurashining mazmuni to‗g‗risida to‗laroq tushunchaga ega bo‗lish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‗rib chiqish zarur. O‗z miqyosiga ko‗ra 
raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‗linadi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq 
sharoitiga ega bo‗lish, qo‗shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‗rtasida 
boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan ta‘minlanish va 
mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‗lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab 
chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‗lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, 
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‗rtacha sharoitda ishlab 
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan 
tovarlarning qiymatiga mos keladi. 
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi 
yuqori bo‗lgan korxonalar qo‗shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan 
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‗qotadilar 
va zarar ko‗radilar. 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‗rtasida eng yuqori foyda 
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning 
foyda normasi kam bo‗lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib 
o‗tishiga sabab bo‗ladi. YAngi kapitallar ko‗proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, 
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‗payishiga olib keladi. SHu asosda
narxlar pasaya boshlaydi. SHuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda 
keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu 
erda ishlab chiqarish hajmi o‗zgaradi, tovarlarga bo‗lgan talab ular taklif qilishidan 
oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‗tariladi, shu bilan birga foyda normasi 


79
oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik 
muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat‘iy 
nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta‘minlaydi. Demak, 
tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda 
normalarini o‗rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‗rtta shakli alohida 
ajratib ko‗rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va 
oligopoliyadir. 
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‗p 
sonli korxonalar mavjud bo‗ladi. YUqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‗plab 
sotuvchilar o‗zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot 
xaridor va iste‘molchilarining soni ham juda ko‗p bo‗ladi. 
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat 
o‗rnata olmaydi yoki nazorat sezilarsiz darajada bo‗ladi. CHunki har bir korxonada 
umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‗lmaydi. SHu sababli alohida 
korxonada ishlab chiqarishning ko‗payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak 
mahsulot narxiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda 
mavjud bo‗lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
korxonalarning paydo bo‗lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga 
huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‗siqlar bo‗lmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə