82
chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi,
foyda hajmi.
Kapitalning to‗planishi kapitalning markazlashuvi
jarayoni bilan yanada
to‗ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining
qo‗shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‗sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‗planishi farqlanadi.
Ishlab chiqarishning gorizontal to‗planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma‘lum
tarmog‗i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri,
shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‗planishining
asosiy shakli
sifatida maydonga tushgan edi.
Ishlab chiqarishning vertikal to‗planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha
o‗zaro bog‗liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to‗planishidir. U ilmiy-
texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi.
Dostları ilə paylaş: