101
nisbatan 101,1 foizni tashkil qildi. Umumiy ulgurji
savdo tovar aylanmasi hajmi
2016- yilga nisbatan o‗sishiga qaramasdan, yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar
aylanmasi 10,4 foizga kamayganligini kuzatildi, bu 13 630,2 mlrd. so‗mni tashkil
etdi.
2. O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‗zgarishlar,
modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlari ulgurji savdoning mazmunmohiyati va
funksiyalariga yangi o‗ziga xos tamoyillar asosida yondoshishga, ularga qo‗yiladigan
talab, mezon va me‘yorlarni qayta ko‗rib chiqishni taqozo etadi. Ushbu masala
bo‗yicha tovar-moddiy boyliklar harakati kanalini loyihalash, yaratish va ulardan
foydalanish
bilan
shug‗ullanuvchi
nazariyotchi
va
amaliyotchilarda
turli
yondoshuvlar shakllangan. Ma‘lumki, takror ishlab chiqarish davriy jarayon bo‗lib,
har bir davr ta‘minotdan boshlanadi va tayyor mahsulotni taqsimlash yoki sotish bilan
yakunlanadi. YA‘ni har bir ishlab chiqarish davrida xomashyo
va moddiy resurslar
tayyor mahsulotga aylantiriladi va sotiladi. Davrlarning takrorlanishi ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligini ta‘minlaydi. Har bir ishlab chiqarish davridagi tovar
moddiy resurslar harakatining quyidagi qat‘iy belgilangan tartib asosida tashkil
qilinishini tavsiya qilamiz:
1) xomashyo va boshqa moddiy resurslarni, ularning manbalaridan korxona
ta‘minot omborlariga yetkazib berish va vaqtinchalik saqlash, ya‘ni iste‘mol (ishlab
chiqarish iste‘moli) vaqtigacha saqlash.
2) Xomashyo va moddiy resurslarni umumzavod ta‘minot omborlaridan ichki
ishlab
chiqarish omborlari, ulardan ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va ish
o‗rinlaridagi dastgohlarga yetkazib berish. Bu yerda xomashyo va moddiy
resurslardan detallar, butlovchi qism va yarimtayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
3) Sexlar, uchastkalar va ish o‗rinlarida ishlab chiqarilgan detallar, butlovchi
qism va yarim tayyor mahsulotlar korxonaning yig‗uv sexiga yetkazib beriladi. Bu
yerda ulardan tayyor mahsulot yig‗iladi va u korxonaning tayyor mahsulot omboriga
yetkazib beriladi.
102
4) Tayyor mahsulot omboridagi mahsulot bozor talabi (buyurtma)ga
asosan
iste‘molchilar o‗rtasida taqsimlanib, realizatsiya qilinadi.
Moddiy resurslar harakatini tashkil qilish va boshqarishning bunday jarayonida
ulgurji savdoning funksiyalari ―ta‘minot-ishlab chiqarishiste‘mol‖ zanjiri doirasida
amal qiladi. Bu holda ulgurji savdo funksiyalari ishlab chiqarish uzluksizligini
ta‘minlash va o‗z vaqtida iste‘mol bozorida talabni qondirish kabi vazifalarni
bajaradi. Ulgurji savdoning ―ta‘minot-ishlab chiqarish-taqsimot‖ zanjiridagi
funksiyalar mamlakat hududlarini kompleks tarzda mutonosib rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mamlakat iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy o‗zgarishlar va
diversifikatsiya sharoitida ulgurji savdoning funksional tizimlari rivojiga quyidagi
omillar ta‘sir etadi:
- moddiy resurslar harakatining optimal kanallarini loyihalash va shakllantirish;
- moddiy resurslar harakati uchun sarflanadigan vaqt va mablag‗ni tejash;
- bozor munosabatlarining o‗zgarishi
va murakkablashuvi, ta‘minot va
taqsimot jarayonlari sifat ko‗rsatkichlariga qo‗yiladigan talabning oshishi;
- moslashuvchan ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimining yaratilishi.
Ulgurji savdo taqsimot funksiyasini amalga oshirishi uchun zamonaviy bozor
infratuzilmasining ko‗plab, turli-tuman tuzilmalaridan foydalanadi. Ular yetkazib
berish kanalining bo‗g‗inlari hisoblanib, ular o‗rtasida murakkab aloqalar tizimi
shakllanadi.
Yetkazib berishda bunday murakkab aloqalarning vujudga kelishi moddiy
resurslar harakatining mavjud modellarini modernizatsiya
va modifikatsiya qilishni
taqozo etadi. Moddiy resurslar harakati modellarini modifikatsiyalash, ular oqimini
tashkil etish va boshqarish yo‗nalishlarini optimallashtirish uchun taqsimot
markazlarini optimal joylashtirish, moddiy resurslarni yetkazib berishda ulgurji
savdoning funksiyalari va moddiy resurslar hamda
buyurtmalarning optimal
miqdorini aniqlash va ularni tashishning optimal yo‗nalishlarini ishlab chiqish orqali
amalga oshirish lozim.