104
subyektlari uchun
qulay biznes muhitini yaratish, har xil byurokratik aralashuvlarni
bartaraf etish, erkin bozor iqtisodiyoti talablari va shartlari bajarilishini ta‘minlaydi.
Bundan tashqari, erkin bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining yanada samarali
ishlashiga, iste‘molchilar va ushbu bozorning boshqa ishtirokchilarining huquqiy
himoyasini
kuchaytirishga, tovar va moliya bozorlaridagi munosabatlarning yanada
liberallashuviga, tovar va moliya bozorlarida raqobatga oid ta‘sirchan davlat
siyosatini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda tovar va moliya
bozorlarida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini belgilovchi Nizom,
tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‗jalik
yurituvchi
subyektlarning davlat reestrini yuritish tartibi, tovar va moliya bozorlarida xo‗jalik
yurituvchi subyektlarining aksiyalarini (ulushlarini) va boshqa mulkiy huquqlarini
olishda oldindan monopoliyaga qarshi organning roziligini olish tartibi, raqobatni
cheklovchi bitim va xarakatlarni ko‗rib chiqish tartibi
hamda tovarning monopol
yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi kabi me‘yoriy hujjatlar tayyorlandi.
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish
va takomillashtirish nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional rivojlanish
xususiyatiga ham ega. Institutsional rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o‗tish va
unga mos keluvchi bozor iqtisodiyotining eng asosiy
elementlaridan hisoblangan
raqobatni rivojlantirish, raqobat munosabatlarni muvaffaqiyatli shakllantirishning
asosiy omillaridan biridir. SHuningdek, yangi xo‗jalik yurituvchi subyektlarni tashkil
etish, ularning samarali faoliyatini ta‘minlashda mazkur subyektlar faoliyatining
tarkibi va chegaralarini belgilab beradigan, ularning
boshqa subyektlar bilan
munosabatlariga aniqlik kiritadigan, raqobat siyosatini amalga oshiradigan
institutsional
asoslarni
shakllantirish
hamda
bozor
talablariga
muvofiq
takomillashtirishning ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: