1-jadval
97
Xomashyo va asosiy materiallardan foydalanish koeffitsienti qanchalik yuqori
bo‗lsa, chiqindilar miqdori shunchalik kam bo‗ladi. SHu sababdan haqiqatda yuzaga
kelgan chiqindilarning xarakteri va reja ko‗rsatkichidan farq qilish darajasiga qarab
miqdoriy omillarning mahsulot ishlab chiqarish tannarxidagi xomashyo va
materiallar qiymatiga ta‘sirini aniqlash mumkin.
Demak, qayta ishlatsa bo‗ladigan chiqindilar miqdori o‗zgarishini haqiqatda
sarflangan xomashyo va asosiy materiallarni reja ko‗rsatkichidan farqlanishini
tavsiflovchi asosiy ko‗rsatkichlar qatoriga kiritish mumkin. Haqiqatda ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi va assortimenti bo‗yicha hisoblangan haqiqatdagi
xomashyo va materiallar qiymatining rejadan farqlanishi ayrim mahsulot turlari
bo‗yicha ko‗rilgan zararlarning algebraik yig‗indisi ko‗rinishida hisoblanadi.
SHu bilan bir qatorda ma‘lum bir xomashyo turidan turli mahsulotlarni ishlab
chiqarishda ham iqtisod qilishi mumkin. Bir xil sharoitda ma‘lum hajmdagi mahsulot
birligiga to‗g‗ri keladigan xomashyo sarfi miqdori hisobot davrida rejaga nisbatan
xomashyo va asosiy materiallar ulushining o‗zgarishiga, ya‘ni xomashyo sarfi meyori
va narxi omiliga bog‗liqdir. Xomashyo sarfi meyori deganda, mahsulot birligiga
sarflanadigan xomashyo miqdori, narxi deganda esa mahsulot birligini ishlab
chiqarishga sarflangan xomashyoning qiymati tushuniladi.
5.3. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda
birja savdolariga qo‗yish tartibi
Respublikada amalga oshiralayotgan iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish va
isloh qilish hozirgi kunning asosiy vazifasi bo‗lib, shu yo‗l orqali davlatimiz
iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy vazifalarni hal etishi oson kechadi. Bunda respublikaga
chet el investitsiyasini jalb qilish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va
mustaxkamlash, tadbirkorlikka erkinlik berish va zarur shart-sharoit yaratish ustuvor
yo‗nalishlar sifatida belgilab olindi. Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat mahalliy
98
boshqaruv organlarining roli ahamiyatli bo‗lgani holda ular kichik biznes
korxonalarini rivojlantirishda ham e‘tibordan chetda qolmasliklari lozim. Mahalliy
boshqaruv organlari tadbirkorlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish binolari,
ombor, shuningdek savdo joylari bilan ta‘minlash muammolarini hal etishda
etakchilikni o‗z zimmasiga olishi lozim. CHunki o‗z xududida kichik biznesni jadal
rivojlanishidan ko‗proq mahalliy boshqaruv organlari manfaatdordirlar va o‗z
hududlarida joylashgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy salohiyatini, bandlik
darajasi to‗g‗risida operativ va kengroq ma‘lumotga ega bo‗ladilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ma‘lum hududda samarali
ishlashi shu hududda joylashgan bog‗cha, maktabga ijtimoiy yordam ko‗rsatish va
boshqa xayriyalar natijasida shu hududda yashovchi aholining yashash darajasi
oshadi, ijtimoiy ziddiyatlarning oldi olinadi. Hozirgi vaqtda faoliyat olib borayotgan
turli o‗quv kurslari, jumladan, pishiriqlar pishirish, tikuvchilik, sartaroshlik singari
kurslarning tashkil etilishi xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmat
ko‗rsatish
sohalari
rivojlanishiga
turtki
bo‗lmoqda.
Bunday
kurslarning
O‗zbekistonning turli viloyatlarida faoliyat olib borishlari natijasida yana qo‗shimcha
ish joylari tashkil etilmoqda. Demak, kichik biznes va xususiy kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi iqtisodiy islohotlarning barqarorligini
ta‘minlaydi. Bozor iqtisodiyoti eski, samarasiz xo‗jalik yuritish mexanizmi o‗rniga
bozor munosabatlarini shakllantirishga karatilgan maxsus chora-tadbirlar tizimi
raqobat muhitini yaratadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari tamoyillariga amal qilgan
holda
rivojlanayotgan
mamlakatlar
tajribasining
ko‗rsatishicha,
raqobat
munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oluvchi jarayon
hisoblanadi. Sog‗lom raqobatni rivojlantirishda aksariyat hollarda o‗tish davri
iqtisodiyoti uchun xos bo‗lgan quyidagi muammolarni bartaraf etish choratadbirlar
tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va ishlab chiqarishda yuqori
texnologiyalarning etishmasligi;
99
soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi;
mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati borasida suiste‘mollik
holatlariga yo‗l qo‗yilishi;
narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, xususan
iktisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi;
mamlakatga tovarlarning kontrabanda yo‗li bilan kirib kelishi;
faoliyat turini va daromadlarni yashirish holatlarining mavjudligi;
sog‗lom pul muomalasi uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqadigan bozor
infratuzilmasining etarli emasligi;
milliy valyutani xorij valyutalariga erkin almashtirish imkoniyatlarining
cheklanganligi;
subyektlarning bozor iqtisodiyoti qoidalarini chuqur tushunib etmasliklari;
iqtisodiy jinoyatchilik holatlarining mavjudligi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida raqobat bozor xo‗jaligining
ajralmas qismi sifatida tabiiy ravishda paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗nlab yillar davomida
ma‘muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo‗lgan, raqobatni va bozorning boshqa
belgilarini tan olmagan mamlakatlarda bu jarayon elementlarini ―joriy qilish‖ va
hatto majburan qabul qilishga to‗g‗ri keladi.
SHu munosabat bilan iqtisodiyotning o‗tish davri holatida raqobat
munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim
rol o‗ynaydi. Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali harakat qila
olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta‘sirida yaqin vaqtlargacha xukmron
mavqega
ega
bo‗lgan
rejali-buyruqbozlik
tizimining
g‗oyaviy qarashlari
emirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat gomonidan rag‗batlantirish
va tartibga solishning keng rejali harakatlari shakllanmoqda. Uchinchidan, raqobat
hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda muhim qadamlar
qo‗yilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida raqobatni shakllantirishning asosiy
tamoyillari qatorida, eng birinchi navbatda, bozor munosabatlarining qaror
100
toptirilishinita‘kidlash mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish
ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Raqobatning to‗laqonli
amal qilishi iqtisodiy jarayonlarning erkinligini taqozo etadi.
Iqtisodiyotdagi faoliyat va jarayonlarning erkinligining har qanday
ko‗rinishdagi cheklanishi o‗z navbatida raqobatning ham cheklanishi holatlariga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: |