90
Raqobatlashgan bozorda juda ko‗p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu
sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta‘sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‗zi
talab va taklifga ko‗ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul
qiladilar va shu narxga ko‗ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot
sotib olish kerakligi bo‗yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan
bozorning aksi bo‗lib, bu erda bitta sotuvchi va ko‗plab xaridorlar qatnashadi. Sof
monopolistning raqobatchisi yo‗q.
Sof monopoliya mahsulot o‗rnini bosadigan boshqa mahsulot bo‗lmagan
hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta
mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya
ko‗proq mahalliy bozorlarga xos bo‗ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini,
yagona telefon stansiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo‗lmasa mahalliy
kommunal xo‗jaligi xizmati. YUqorida keltirilgan subyektlar bozor sharoitida narxga
ta‘sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta‘sir
qiluvchi yana bir omil bu -
tarmoqqa kirish to‗siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan
iqtisodiy foyda yuqori bo‗lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni
ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‗lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy
foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga
undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun,
boshqa raqobatlashmoqchi
bo‗lgan firmalar uchun maxsus to‗siqlar bo‗lishini taqazo qiladi. Tarmoqga kirish
to‗siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini
to‗xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqga kirish to‗siqlaridan quyidagilarni ko‗rsatish mumkin.
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda
aholiga transport xizmati ko‗rsatish, pochta xizmati ko‗rsatish, kommunal xizmati
ko‗rsatish va aloqa xizmati ko‗rsatish bo‗yicha
monopol huquqlar berib, rasmiy
to‗siqlar yaratadi.
91
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent
va
mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish
uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma‘lum
muddatgacha kuchga ega bo‗ladi. AQSH da patent qonuniga ko‗ra ixtirochi o‗z
ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.
3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan,
Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan,
qayta ishlanmagan
olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga
ega. YUqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham
manopoliyani vujudga keltiradi.
Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat
samarasi ham tarmoqqa
kirish uchun to‗siq bo‗lishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi ma‘lum miqdorda
avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: