Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Monopoliyalarni turkumlash mezonlari: vujudga kelish sababi va tavsifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

4.4. Monopoliyalarni turkumlash mezonlari: vujudga kelish sababi va tavsifi, 
bozorni qamrab olish darajasi. 
Ishlab 
chiqarishning 
to‗planishi 
o‗z rivojining ma‘lum darajasida 
monopoliyalarning paydo bo‗lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‗planishi 
hamda monopoliyalarning paydo bo‗lishi o‗rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda 
namoyon bo‗ladi: 
1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo‗lishi 
ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon 
yaratadi; 
2) yirik korxonalar o‗rtasidagi raqobat juda qaltis bo‗lib, ular uchun katta 
miqyosdagi yo‗qotishlarga olib kelishi mumkin. SHunga ko‗ra, raqobatni cheklash, 
tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab 
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‗ladi. 


83
Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to‗planishidan 
tashqari yana bir qator omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 
1) davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning 
ichki bozorga kirish imkoniyatini yo‗qotib, monopoliyalarning paydo bo‗lishiga 
sharoit yaratadi; 
2) 
banklarning 
faoliyati 
va 
moliyaviy 
siyosati. 
Banklar 
sanoat 
monopoliyalarining jadal o‗sishiga imkon beradi.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‗rib chiqish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‗ra 
ajratish mumkin. 
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‗ra: sof monopoliya, oligopoliya va 
monopsoniya. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. 
O‗zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‗zbekiston havo yo‗llari» DAK, 
«O‗zbekiston temir yo‗llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini 
misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‗z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning 
yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. SHuningdek, ba‘zi hollarda tarmoqdagi 
monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‗payib borishi monopolistik raqobat 
holatining vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‗p hamda ular o‗rtasida ma‘lum darajada raqobat 
mavjud bo‗lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‗z tovar yoki 
xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab 
chiqarish hajmini belgilashdagi ma‘lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. 
Bunga misol tariqasida ko‗plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va 
boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. 


84
Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‗zbekistonda sement (asosan Bekobod, 
Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‗mir (Angren shahri, 
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHarg‗un) va Boysun (To‗da) tumanlarida 
joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‗p 
bo‗lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi yoki xaridori mavjud 
bo‗lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O‗zDEUavto» 
korxonasi yaqqol misol bo‗la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi engil 
avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo‗lgan ko‗plab ehtiyot va butlovchi 
qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda 
yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‗ladi. 
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‗ra: tabiiy 
monopoliya, legal monopoliya, sun‘iy monopoliya. 
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda 
takror hosil qilib bo‗lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar 
va h.k.)ga ega bo‗lgan mulkdorlar va xo‗jalik tashkilotlari kiradi. SHuningdek, 
mazkur monopoliya tarkibiga o‗ziga xos texnologiyaning qo‗llanishi sababli 
raqobatni rivojlantirib bo‗lmaydigan ba‘zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari 
ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga 
bo‗lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‗lmagan sharoitda samaraliroq amalga 
oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining 
ko‗payib borishi bilan tovar birligiga to‗g‗ri keluvchi xo‗jalik xarajatlarining 
ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‗ladi. SHu bilan birga, tabiiy 
monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste‘molini boshqa 
turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‗lmaydi.


85
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi 
monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya 
shakllarini kiritish mumkin: 
1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, 
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni 
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga 
oshiriladi; 
2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san‘at asarlari, ijro san‘ati 
fonogrammalari, ko‗rsatuvlar, efir to‗lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni 
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 
Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‗z mahsulotlarini ma‘lum vaqtga yoki 
butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‗paytirishga ruxsat berish imkonini 
ta‘minlaydi; 
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va 
boshqalarni ro‗yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish 
bo‗yicha paydo bo‗lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə