92
oluvchilar ko‗proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi.
SHuning uchun
ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga
aylantirishga yo‗l qo‗ymaydi.
Monopolist mahsulotiga talab.
Raqobatlashgan
bozorda firma maksimal
foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta‘minlaydigan
hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, bunday mahsulot hajmi optimal bo‗ladi.
Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo‗ladi. Sof
monopolist tovariga bo‗lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o‗z
tovari narxini oshirsa unga
talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini
tushirsa unga talab ortadi.