Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Monopol hokimiyat
. Firma monopol hokimiyatga ega bo‗ladi, qachonki u 
o‗zining sotadigan tovari narxiga ta‘sir qilaolsa, ya‘ni o‗zgartiraolsa. Monopol 
hokimiyat darajasi ushbu tovar o‗rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning 
bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‗lish uchun 
firmaning sof monopolist bo‗lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo‗lgan talab 
chizig‗i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo‗lmasdan, pastga yotiq bo‗lishi 
kifoyadir. Agar talab chizig‗i pastga yotiq bo‗lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki 
kamaytirib, mahsulot narxini o‗zgartirishi mumkin. 
Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo‗ladi. 
Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko‗ra kam bo‗ladi, tovar narxi 
esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‗ladi (monopol narx chekli xarajatdan 
yuqori). 
Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko‗paytiradi, aholining 
turmush darajasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib 


92
oluvchilar ko‗proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. 
SHuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga 
aylantirishga yo‗l qo‗ymaydi. 
Monopolist mahsulotiga talab.
Raqobatlashgan bozorda firma maksimal 
foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta‘minlaydigan 
hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, bunday mahsulot hajmi optimal bo‗ladi. 
Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo‗ladi. Sof 
monopolist tovariga bo‗lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o‗z 
tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini 
tushirsa unga talab ortadi. 
 


93

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə