Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Monopolistik raqobat. Monopoliyaga qarshi boshqaruvning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
4.6. Monopolistik raqobat. Monopoliyaga qarshi boshqaruvning
obyekti va subyekti 
Raqobatlashgan bozorda juda ko‗p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu 
sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta‘sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‗zi 
talab va taklifga ko‗ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul 
qiladilar va shu narxga ko‗ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot 
sotib olish kerakligi bo‗yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan 
bozorning aksi bo‗lib, bu erda bitta sotuvchi va ko‗plab xaridorlar qatnashadi. Sof 
monopolistning raqobatchisi yo‗q. 


90
Raqobatlashgan bozorda juda ko‗p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu 
sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta‘sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‗zi 
talab va taklifga ko‗ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul 
qiladilar va shu narxga ko‗ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot 
sotib olish kerakligi bo‗yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan 
bozorning aksi bo‗lib, bu erda bitta sotuvchi va ko‗plab xaridorlar qatnashadi. Sof 
monopolistning raqobatchisi yo‗q. 
Sof monopoliya mahsulot o‗rnini bosadigan boshqa mahsulot bo‗lmagan 
hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta 
mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya 
ko‗proq mahalliy bozorlarga xos bo‗ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, 
yagona telefon stansiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo‗lmasa mahalliy 
kommunal xo‗jaligi xizmati. YUqorida keltirilgan subyektlar bozor sharoitida narxga 
ta‘sir qilish uchun real hokimiyatga ega. 
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta‘sir qiluvchi yana bir omil bu - 
tarmoqqa kirish to‗siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan 
iqtisodiy foyda yuqori bo‗lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni 
ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‗lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy 
foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi 
bo‗lgan firmalar uchun maxsus to‗siqlar bo‗lishini taqazo qiladi. Tarmoqga kirish 
to‗siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini 
to‗xtatuvchi cheklanishlar. 
Tarmoqga kirish to‗siqlaridan quyidagilarni ko‗rsatish mumkin. 
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda 
aholiga transport xizmati ko‗rsatish, pochta xizmati ko‗rsatish, kommunal xizmati 
ko‗rsatish va aloqa xizmati ko‗rsatish bo‗yicha monopol huquqlar berib, rasmiy 
to‗siqlar yaratadi. 


91
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent 
va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish 
uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma‘lum 
muddatgacha kuchga ega bo‗ladi. AQSH da patent qonuniga ko‗ra ixtirochi o‗z 
ixtirosiga 17 yil egalik qiladi. 
3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, 
Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan 
olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga 
ega. YUqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham 
manopoliyani vujudga keltiradi. 
Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa 
kirish uchun to‗siq bo‗lishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi ma‘lum miqdorda 
avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal 
bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə