Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Monopolistik rakobat. Oligopoliya. Monopol hokimiyat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
4.5. Monopolistik rakobat. Oligopoliya. Monopol hokimiyat.
Monopol hokimiyat manbalari 
Sun‘iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun‘iy monopoliya o‗z manfaatlari yo‗lida bozor muhiti tuzilishini ataylab 
o‗zgartiradi, ya‘ni: 
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun turli 
to‗siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning 
yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan 
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;


86
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini 
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‗llaydi; 
- o‗z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni 
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Cun‘iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq 
shakllarda namoyon bo‗ladi. 
Kartel – bitta sanoat tarmog‗idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‗lib, 
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‗z mulkiy egaligini 
saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni mahsulot ishlab 
chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari
bozorlarning bo‗lib olinishi va h.k. bo‗yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik 
birlashma 
ishtirokchilarining o‗zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga 
oshiriladi. 
Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‗rinishidagi 
birlashmasi. 
Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta 
miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‗yish). 
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‗lgan, ko‗p tarmoqli korxonalar (sanoat, 
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‗z ichiga 
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma‘lum ishlab chiqarish faoliyatini 
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan turli soha korxona 
va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati 


87
ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun‘iy monopoliyalarning sanab 
o‗tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‗ladi. 
Birinchidan, yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, u ma‘lum tarmoqlarda nisbatan 
samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, 
monopolist 
bo‗lmagan, 
mayda, 
raqobatlashuvchi 
soha 
korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika 
taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‗proq rag‗bat va imkoniyat mavjud 
bo‗ladi. CHunki, uncha yirik bo‗lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda 
moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‗lib, ular ishlab chiqarishga 
yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‗ra, ko‗proq 
joriy daromadga e‘tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‗oyalar raqiblar 
tomonidan juda tez o‗zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‗oyalarni amalga 
oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. 
Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‗lib, innovatsiyadan 
olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‗rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori 
foyda ketidan quvib, sun‘iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni 
ko‗tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‗lmagan turlarini, past texnikaviy 
darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali 
namoyon bo‗ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot 
samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona 
tanlov imkoniyatidan mahrum bo‗ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini 
pasaytirib, ba‘zi hollarda xonavayron bo‗ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, 


88
ishsizlik va inflyasiya o‗sadi, xo‗jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi 
resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‗lga kiritilishi mumkin 
bo‗lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; 
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning 
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‗liq 
bo‗lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi; 
3) iqtisodiy turg‗unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday 
holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari 
hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‗shimcha urinishlarsiz o‗zlarining 
bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni 
ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot 
sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar 
manfaatlari to‗g‗risida qayg‗urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi; 
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‗sib qo‗yilishi. Monopolistlar 
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‗sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‗lgan 
korxonalarni o‗zlariga bo‗ysundirishlari, jamiyatga o‗z ishchilarining mehnatiga 
pasaytirilgan miqdorda haq to‗lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‗ta 
darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‗z 
mahsulotini iste‘mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‗zlarining 
kamsituvchi shartlarini ko‗ndalang qo‗yishlari mumkin. 
Bundan ko‗rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy 
ta‘sir ko‗rsatishi, taraqqiyot yo‗liga g‗ov bo‗lishi ham mumkin. SHunga ko‗ra, 
bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat 
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‗llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat 
deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi 
qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‗ladi. 


89
Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va 
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik 
hujjatlariga asoslanadi:
1. SHerman qonuni (1890- yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin 
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‗lga olish, narxlar 
bo‗yicha kelishuvlarni taqiqlaydi. 
2. Kleyton qonuni (1914- yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‗yicha kamsitish, ma‘lum ko‗rinishdagi 
birlashib ketishlar, o‗zaro bog‗lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi. 
3. Robinson-Petmen qonuni (1936- yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‗yicha kamsitishlar va 
boshqalarni taqiqlaydi. 
1950- yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda 
noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish 
orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal 
ravishdagi birlashib ketishlariga to‗siq qo‗ygan bo‗lsa, Seller-Kefover tuzatishi 
vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə