Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


-bob. STRATEGIK TOVARLAR SAVDOSINI TARTIBGA SOLISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

5-bob. STRATEGIK TOVARLAR SAVDOSINI TARTIBGA SOLISH 
 
5.1. Strategik tovarlar savdosining tashkiliy-uslubiy asoslari. 
Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uning o‗z oldiga 
qo‗ygan aniq maqsad va vazifalari hamda shulardan kelib chiqaqan holda so‗zsiz 
amalga oshirilishi shart bo‗lgan strategik rejalari amalga oshirilishi bilan bevosita 
bog‗liqdir. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017- yil 7- fevraldagi 
«O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi 
to‗g‗risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga 
mo‗ljallangan ustuvor yo‗nalishlari aniq belgilab berildi. Harakatlar strategiyasida 
mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo‗nalishi – 1) davlat va jamiyat 
qurilishini tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari; 2) qonun ustuvorligini 
ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishningustuvor yo‗nalishlari; 
3) iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlari; 4) ijtimoiy 
sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari; 5) xavfsizlik, diniy bag‗rikenglik va 
millatlararo totuvlikni ta‘minlash hamda chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustivor yo‗nalishlar kabi aniq, hayotiy islohotlar
ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berildi. Bu vazifalar mamlakatimizda 
islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‗un 
va jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, barcha sohani modernizatsiya 
qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga qaratilgan. Bugun jahon bozori 
kon‘yunkturasi keskin o‗zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib 
bormoqda. Ana shunday murakkab vaziyat davlatimizni yanada barqaror va jadal 
sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni 
ishlab chiqib, amalga oshirishni taqozo etmoqda. O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‗nalishida 
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirish borasida eng dolzarb 
masalalar echimi borasida aniq vazifalarning belgilab berilgani bu borada hal 


94
qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur dasturilamal hujjatning uchinchi yo‗nalishi 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo‗lib, u 5 
qismdan iboratdir. Bunda quyidagi tarmoq va sohalarda kelgusi besh yilda amalga 
oshiriladigan vazifalar haqida so‗z boradi: 1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada 
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish; 2. Tarkibiy 
o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini 
oshirish; 3. Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; 4. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va 
uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‗batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom 
ettirish; 5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiyiqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish. 
Iqtisodiyot sohasida belgilangan bu strategik vazifalar bevosita ishlab chiqarish va 
xizmat ko‗rsatish sohalarini rivojlantirish natijasida YAIMning hajmining turini 
ko‗paytirish va sifatini oshirish bilan bog‗liqdir. 
Jahon iqtisodiyotining 
rivojlanish 
jarayonlarini 
chuqur 
tahlil qilib, 
mamlakatimiz 
aholisining 
talab 
va 
extiyojlarini 
o‗zimizning resurs va 
imkoniyatlarimizni real baholagan holda, aniq strategik maqsadni – ya‘ni, 2030- yilga 
borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamida 2 
barobarga oshirish vazifasi qo‗yilmoqda. Bu masalaning o‗ta muhimligini hisobga 
olib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ―2030- yilgacha 
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod ko‗paytirishga erishishimiz 
darkor‖
20
, deb ta‘kidladilar. Prezidentning 2017- yil 7- fevralda qabul qilingan 
Farmonida ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖da mamlakatimizda ishlab 
20
Ш.Мирзиѐевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига 
бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлиси тўғрисида ахборот // Халқ сўзи, 2016 йил 15 
декабрь. 


95
chiqarish va xizmat ko‗rsatish jarayonlarini jadal rivojlantirish, YAIM hajmini 
ko‗paytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har 
tomonlama rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlari alohida muhim 
o‗rin egallaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə