Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Birja faoliyatining asosiy prinsiplari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
6.3. Birja faoliyatining asosiy prinsiplari. 
Birja savdolari birja a‘zolari tomonidan berilgan buyurtmalar asosida, birja 
savdosi qoidalariga muvofiq o‗tkaziladi. Birja tovarini kotirovkalash birja savdolarida 
birja tovarining birja narxini belgilash maqsadida avtomatik rejimda, birja savdosi 
qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Birja savdolari yakunlariga ko‗ra 
olingan qimmatli qog‗ozlarning, davlat qimmatli qog‗ozlari bundan mustasno, birja 
narxi mazkur qimmatli qog‗ozlarning birja savdolari sanasidagi bozor narxidir. 
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2011- yil 7- fevraldagi PQ-
1475 sonli ― Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes 
subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‗g‗risida ― gi qaroriga ko‗ra 2011- yilning 
1- aprelidan mazkur tizimni takomillashtirishga qaratilgan choratadbirlarni yanada 
mustahkamlash hamda Davlat xaridlari jarayonining shaffofligini ta‘minlash bo‗yicha 
yangi tizimning joriy etilganligi va uning samaralari haqida atroflicha to‗xtalib 
o‗tildi. YAngi tizim O‗zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasi tomonidan 
elektron auksion savdolari tartibida tashkil etilib, Elektron savdolar O‗zbekiston 
Respublikasi bo‗ylab internet orqali , real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Bu o‗z 
navbatida bir qator qulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Avvalo, elektron auksion 
tizimining ahamiyatli jihati byudjet tashkilotlari uchun sotuvchi qidirishga hojat yo‗q. 
Birja saytiga e‘lon berishning o‗zi kifoya va natijada ularga yetkazib beruvchilar o‗z 
xizmatlarini taklif etadilar. Mazkur sohada 2011-2014 yillarda amalga oshirilgan 


111
ishlarni tahlil etadigan bo‗lsak, kichik biznes subyektlarining Davlat xaridlari 
bo‗yicha elektron savdolardagi ishtiroki 30 mingtani tashkil etganligi yoki besh 
barobarga oshganligini ko‗rish mumkin. Ularning tovarlar ta‘minotidagi ulushi 99 
foizga ko‗paygan. Davlat xaridlari bo‗yicha elektron savdolarda dastlabki yillarda har 
bir talab uchun ikkitadan taklif berilgan bo‗lsa, bugunga kelib ularning soni oltitadan 
oshdi. Prezident qarorini amalga oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari bo‗yicha Hukumat komissiyasi tashkil 
qilingan bo‗lib, uning ishchi organi – O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G‗aznachiligi tayinlandi. Bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 26- martdagi 69- sonli 
qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ―O‗zRTXB‖ AJda 2015 yilning 1 iyunidan 
birjaning yangi elektron savdo tizimi- ― Davlat xaridlarida elektron katalog ― ishga 
tushirildi. Qisqa vaqt ichida mazkur tizim o‗zining ijobiy natijalarini ko‗rsatdi. Joriy 
yilning iyun-oktyabr oylarida elektron katalog bo‗yicha 36,5 mlrd. so‗mlik bitimlar 
imzolanib, 9,3 mlrd. so‗m byudjet mablag‗lari iqtisod qilindi. Bu borada kichik 
biznes subyektlarining ulushi 100 foizni tashkil etdi 32 . Birja savdolarini o‗tkazishda 
raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‗lgan harakatlar, shu 
jumladan: birja savdolarini o‗tkazish jarayoniga ta‘sir ko‗rsatadigan harakatlar, 
bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; birja savdolari 
ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining 
keskin ko‗tarilishiga yoki qat‘iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar; birja 
savdolarida talabning o‗zgarishiga sabab bo‗lishi mumkin bo‗lgan yolg‗on 
ma‘lumotlarni tarqatish bilan bog‗liq harakatlar taqiqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə