Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 


107
6-bob. BIRJA VA TENDER SAVDOLARI FAOLIYATINI TARTIBGA 
SOLISH 
 
6.1. Tanlov (tender) yoki birja savdolarining xususiyatlari
Savdolar tizimini takomillashtirish dolzarb masalalardan bo‗lib mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirishda muxim 
ahamiyat kasb etadi hamda tovar (xizmat, ish) va hom-ashyo bozorining ochiqligi va 
shaffofligini ta‘minlash, ko‗rsatilgan sohalarda qonunbuzarliklarni oldini olish hamda 
iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Tanlov 
savdolarning bir turi hisoblanadi (kim-oshdi savdolari bilan bir qatorda). Bunda 
tanlov tashkilotchisi tomonidan oldindan tuzilgan tanlov komissiyasining hulosasiga 
ko‗ra eng yaxshi taklifni bergan (kimoshdi savdolarida eng yaxshi narx bergan) 
ishtirokchi tanlov g‗olibi bo‗ladi. Ayrim chet el huquqiy amaliyotida tanlov savdolari 
tender deb yuritiladi. Tender (ingl. Tender – taklif) deganda tovarlar yetkazib berish, 
xizmatlar ko‗rsatish yoki ishlarni bajarishni ko‗zda tutuvchi takliflarni hujjatlarda 
oldindan belgilangan shartlar va muddatlarda raqobat, odillik va samaradorlik 
tamoyillari asosida tanlash tushuniladi30. Bunda shartnoma tender g‗olibi, ya‘ni 
talablarga mos keluvchi va eng yaxshi shartlar ko‗rsatgan ishtirokchi bilan tuziladi. 
 
6-rasm. Tender turlari 
 


108
«Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish choratadbirlari 
to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 
21- noyabrdagi 456-sonli Qaroriga asosan 2000- yil 1- dekabrdan boshlab davlat 
byudjeti, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‗armalari, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan davlat 
maqsadli jamg‗armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‗armalar hamda donor 
mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida 
beriladigan xorijiy grantlar mablag‗lari, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi 
kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan va bitta 
kontrakt bo‗yicha qiymati 100 ming AQSH dollariga teng miqdordan ortiq bo‗lgan 
import qilinadigan va mamlakatimizda ishlabchiqarilgan xomashyo, materiallar
butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar tender asosida xarid qilinadi. Shuningdek, 
xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan tender kontraktlari bo‗yicha yuklar 
tashilishini ta‘minlaydigan transport-ekspeditorlik kompaniyalari tender asosida 
tanlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə