Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Birja savdolarida tovarlarning narxi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
6.4. Birja savdolarida tovarlarning narxi. 
Birja bitimi deganda birja tomonidan ro‗yxatga olingan, birja savdosining 
birjada qayd etilgan natijasi bo‗yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnoma 
tushuniladi. Birjada birja bitimlari, shu jumladan: birja tovarlarining ularni 


112
kechiktirmasdan yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (spot); 
birja tovarlarining ularni kechiktirib yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi 
bitimlari (forvardlar); birja tovarini yetkazib berishni (yetkazib berish fyuchersi) yoki 
birja tovarini yetkazib bermagan holda bitim taraflari o‗rtasida pul hisob-kitoblari 
amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish 
majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-
sotdi bitimlari (fyucherslar); birja tovarlarini yoki hosila moliyaviy vositalarni 
(derivativlarni) kelgusida sotib olish yoxud sotish huquqi bilan tuziladigan hosila 
moliyaviy 
vositalarning 
(derivativlarning) 
oldi-sotdi 
bitimlari 
(opsionlar); 
valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar bo‗yicha hisob-kitoblarni 
muayyan muddat o‗tgach, avvaldan belgilangan valyuta kursi bo‗yicha amalga 
oshirish sharti bilan tuziladigan valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar 
(valyuta svoplari); qimmatli qog‗ozlarni muayyan muddat o‗tgach, avvaldan 
belgilangan narx bo‗yicha qayta sotib olish sharti bilan tuziladigan qimmatli 
qog‗ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari (repo) tuzilishi mumkin. Birja bitimi 
to‗g‗risidagi axborot (birja tovarining nomi, soni, kotirovkasi (narxi), birja bitimi 
tuzilgan sana bundan mustasno) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin emas. 
Birja bitimi to‗g‗risidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, surishtiruv va tergov 
organlariga esa, qo‗zg‗atilgan jinoyat ishi mavjud bo‗lgan taqdirda taqdim etiladi. 
Birja bitimini ro‗yxatdan o‗tkazish va rasmiylashtirish birja savdolari natijalari 
bo‗yicha yozma yoki elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‗ozlarga doir 
birja bitimlarini yozma ravishda rasmiylashtirish talab qilinmaydi.Birja bitimlari 
notarial tartibda tasdiqlanmaydi. Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini 
ta‘minlash uchun quyidagilar orqali shart-sharoitlar yaratadi: kliring va hisob-
kitoblarni amalga oshirish; agar birja bitimi shartlarida nazarda tutilgan bo‗lsa, birja 
tovarlarini yetkazib berishni nazorat qilishni va hisobga olishni amalga oshirish; pul 
mablag‗larini va birja tovarlarini oldindan deponentga qo‗yishni nazarda tutuvchi 
mexanizmlarni belgilash; birja savdosi qoidalariga va birja bitimlari bo‗yicha 


113
majburiyatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Birja bankrot deb 
topilgan taqdirda, birja a‘zolarining va ular mijozlarining birja hisobvaraqlaridagi 
mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi hamda birja a‘zolariga va ularning 
mijozlariga ularning birja bitimi bo‗yicha majburiyatlari bajarilganidan keyin 
qaytarilishi lozim. Birjaning majburiyatlari bo‗yicha undiruvni birja a‘zolarining va 
ular mijozlarining mol-mulkiga qaratishga yo‗l qo‗yilmaydi. Birja a‘zolarining 
mablag‗lari etarli bo‗lmagan taqdirda, birja bitimi bo‗yicha majburiyatlarni bajarish 
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta‘minlash fondining pulli va qaytarib berish 
asosida birja a‘zolariga taqdim etiladigan mablag‗lari orqali ta‘minlanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə