Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

6.6. Tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi 
talablarni buzganlik uchun jarimalar 
Tanlov (tender) savdolarini o‗tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan 
yoki olib kelishi mumkin bo‗lgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi: 


115
savdolar o‗tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish; savdolarning 
tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining 
faoliyatini muvofiqlashtirish; xo‗jalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish 
uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish; savdolar ishtirokchilarini 
asossiz ravishda chetlashtirish; savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga 
savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan, 
axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shartsharoitlar yaratib berish, bundan qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini 
ko‗rsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa hollar mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan 
monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini 
va shu savdolar natijalari bo‗yicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish 
uchun asos bo‗ladi. Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz 
sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo‗jalik yurituvchi subyektning yoki 
shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) 
raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud 
tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- noyabrdagi 
№ 456 ―Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Qaroriga asosan tender savdolarini tender komissiyasi tomonidan 
o‗tkazilmagan deb e‘lon qilinishi holatlari belgilangan. 
Bunda agar tushgan tender takliflarining birortasi tender hujjatlari shartlariga 
muvofiq bo‗lmagan taqdirda, tender o‗tkaziladi, ammo salbiy natijaga ega deb 
hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikda sudlar faoliyatida tanlovlarni o‗tkazilmagan 
deb topish bo‗yicha aniq normalar ko‗rsatilmagan bo‗lib ushbu masaladagi ishlarni 
ko‗rib chiqishda tender savdolarini o‗tkazishga doir normativ-huquqiy hujjatlardagi 
savdolarga qo‗yilgan talablar, takliflarni tanlash shartlari va mezonlari, 
ishtirokchilarning huquq va majburiyatlaridan kelib chiqib qaror chiqariladi. 


116
Hususan, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi 456-sonli, 2013- yil 11- iyundagi 166-
sonli, 2015- yil 14- sentyabrdagi 264-sonli hamda O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2013- yil 5- apreldagi 1948-sonli qarorlarida tanlovlar, tender 
savdolari va elektron savdolarni tashkil etishga doir qoida va tartiblar o‗z aksini 
topgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə