Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 
6.5. Birja savdolarini o‗tkazish tartibi. Tanlov (tender) va birja savdolarini 
o‗tkazish hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat yo‗llari. 
Birja savdolarini o‗tkazish tartibi me‘yoriy huquqiy hujjatlar hamda mazkur 
masala amaldagi qonunchilikning bitimlarga oid umumiy qonunchilik normalari bilan 
tartibga solinadi. Quyidagi hollarda bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi 
mumkin, hususan Bitim qonunchilikda belgilab qo‗yilgan asoslarga ko‗ra, sud 
tomonidan haqiqiy emas deb topilganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb 
topilishidan qat‘i nazar haqiqiy emas deb hisoblanadi.Bunda nizoli bitimni haqiqiy 
emas deb topish to‗g‗risidagi talabni qonunchilikda ko‗rsatilgan shaxslar qo‗yishlari 
mumkin. Bitim haqiqiy bo‗lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‗yicha 
olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan 
narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko‗rsatilgan xizmat bilan 
ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo‗lmaganida esa, agar bitim haqiqiy 
emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‗lmasa, uning qiymatini 
pul bilan to‗lashi shart . 
Tanlov jaraenlariga monopoliyaga qarshi talablarning tatbiq etilishi muxim 
axamiyat kas etib savdolarning qonunda belgilangan prinsiplarga rioya etilgan holda 
o‗tkazilishiga Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‗lgan shaxslar yig‗indisi 


114
shaxslar guruhi deb e‘tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart 
bajariladi: ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, 
shuningdek o‗zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs 
ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‗iga egalik qiladi; ikki va 
undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), 
ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), 
tug‗ishgan va o‗gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin 
qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud 
boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har 
birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‗iga ega bo‗ladi; ikki 
va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda 
o‗zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq 
mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik 
foizidan ortig‗iga ega bo‗ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi 
organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi; ikki 
va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv 
kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‗ini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning 
yaqin qarindoshlari tashkil etadi; ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonun 
hujjatlariga yoki ushbu yuridik shaxslarning ta‘sis hujjatlariga yoxud ular o‗rtasida 
tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy 
bo‗lgan ko‗rsatmalar berishga haqli bo‗ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni 
bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonun hujjatlariga va ushbu yuridik 
shaxslarning ta‘sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 
ularga ijro etilishi majburiy bo‗lgan ko‗rsatmalar berishga haqli bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə