Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

1-jadval 
 


97
 
Xomashyo va asosiy materiallardan foydalanish koeffitsienti qanchalik yuqori 
bo‗lsa, chiqindilar miqdori shunchalik kam bo‗ladi. SHu sababdan haqiqatda yuzaga 
kelgan chiqindilarning xarakteri va reja ko‗rsatkichidan farq qilish darajasiga qarab 
miqdoriy omillarning mahsulot ishlab chiqarish tannarxidagi xomashyo va 
materiallar qiymatiga ta‘sirini aniqlash mumkin. 
Demak, qayta ishlatsa bo‗ladigan chiqindilar miqdori o‗zgarishini haqiqatda 
sarflangan xomashyo va asosiy materiallarni reja ko‗rsatkichidan farqlanishini 
tavsiflovchi asosiy ko‗rsatkichlar qatoriga kiritish mumkin. Haqiqatda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi va assortimenti bo‗yicha hisoblangan haqiqatdagi 
xomashyo va materiallar qiymatining rejadan farqlanishi ayrim mahsulot turlari 
bo‗yicha ko‗rilgan zararlarning algebraik yig‗indisi ko‗rinishida hisoblanadi.
SHu bilan bir qatorda ma‘lum bir xomashyo turidan turli mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda ham iqtisod qilishi mumkin. Bir xil sharoitda ma‘lum hajmdagi mahsulot 
birligiga to‗g‗ri keladigan xomashyo sarfi miqdori hisobot davrida rejaga nisbatan 
xomashyo va asosiy materiallar ulushining o‗zgarishiga, ya‘ni xomashyo sarfi meyori 
va narxi omiliga bog‗liqdir. Xomashyo sarfi meyori deganda, mahsulot birligiga 
sarflanadigan xomashyo miqdori, narxi deganda esa mahsulot birligini ishlab 
chiqarishga sarflangan xomashyoning qiymati tushuniladi. 
 
5.3. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda 
birja savdolariga qo‗yish tartibi 
Respublikada amalga oshiralayotgan iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish va 
isloh qilish hozirgi kunning asosiy vazifasi bo‗lib, shu yo‗l orqali davlatimiz 
iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy vazifalarni hal etishi oson kechadi. Bunda respublikaga 
chet el investitsiyasini jalb qilish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va 
mustaxkamlash, tadbirkorlikka erkinlik berish va zarur shart-sharoit yaratish ustuvor 
yo‗nalishlar sifatida belgilab olindi. Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat mahalliy 


98
boshqaruv organlarining roli ahamiyatli bo‗lgani holda ular kichik biznes 
korxonalarini rivojlantirishda ham e‘tibordan chetda qolmasliklari lozim. Mahalliy 
boshqaruv organlari tadbirkorlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish binolari
ombor, shuningdek savdo joylari bilan ta‘minlash muammolarini hal etishda 
etakchilikni o‗z zimmasiga olishi lozim. CHunki o‗z xududida kichik biznesni jadal 
rivojlanishidan ko‗proq mahalliy boshqaruv organlari manfaatdordirlar va o‗z 
hududlarida joylashgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy salohiyatini, bandlik 
darajasi to‗g‗risida operativ va kengroq ma‘lumotga ega bo‗ladilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ma‘lum hududda samarali 
ishlashi shu hududda joylashgan bog‗cha, maktabga ijtimoiy yordam ko‗rsatish va 
boshqa xayriyalar natijasida shu hududda yashovchi aholining yashash darajasi 
oshadi, ijtimoiy ziddiyatlarning oldi olinadi. Hozirgi vaqtda faoliyat olib borayotgan 
turli o‗quv kurslari, jumladan, pishiriqlar pishirish, tikuvchilik, sartaroshlik singari 
kurslarning tashkil etilishi xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmat 
ko‗rsatish 
sohalari 
rivojlanishiga 
turtki 
bo‗lmoqda. 
Bunday 
kurslarning 
O‗zbekistonning turli viloyatlarida faoliyat olib borishlari natijasida yana qo‗shimcha 
ish joylari tashkil etilmoqda. Demak, kichik biznes va xususiy kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi iqtisodiy islohotlarning barqarorligini 
ta‘minlaydi. Bozor iqtisodiyoti eski, samarasiz xo‗jalik yuritish mexanizmi o‗rniga 
bozor munosabatlarini shakllantirishga karatilgan maxsus chora-tadbirlar tizimi 
raqobat muhitini yaratadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari tamoyillariga amal qilgan 
holda 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
tajribasining 
ko‗rsatishicha, 
raqobat 
munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oluvchi jarayon 
hisoblanadi. Sog‗lom raqobatni rivojlantirishda aksariyat hollarda o‗tish davri 
iqtisodiyoti uchun xos bo‗lgan quyidagi muammolarni bartaraf etish choratadbirlar 
tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi: 

tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va ishlab chiqarishda yuqori 
texnologiyalarning etishmasligi; 


99

soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi; 

mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati borasida suiste‘mollik 
holatlariga yo‗l qo‗yilishi; 

narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, xususan 
iktisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi; 

mamlakatga tovarlarning kontrabanda yo‗li bilan kirib kelishi; 

faoliyat turini va daromadlarni yashirish holatlarining mavjudligi; 

sog‗lom pul muomalasi uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqadigan bozor 
infratuzilmasining etarli emasligi; 

milliy valyutani xorij valyutalariga erkin almashtirish imkoniyatlarining 
cheklanganligi; 

subyektlarning bozor iqtisodiyoti qoidalarini chuqur tushunib etmasliklari; 

iqtisodiy jinoyatchilik holatlarining mavjudligi. 
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida raqobat bozor xo‗jaligining 
ajralmas qismi sifatida tabiiy ravishda paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗nlab yillar davomida 
ma‘muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo‗lgan, raqobatni va bozorning boshqa 
belgilarini tan olmagan mamlakatlarda bu jarayon elementlarini ―joriy qilish‖ va 
hatto majburan qabul qilishga to‗g‗ri keladi.
SHu munosabat bilan iqtisodiyotning o‗tish davri holatida raqobat 
munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim 
rol o‗ynaydi. Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali harakat qila 
olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta‘sirida yaqin vaqtlargacha xukmron 
mavqega 
ega 
bo‗lgan 
rejali-buyruqbozlik 
tizimining 
g‗oyaviy qarashlari 
emirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat gomonidan rag‗batlantirish 
va tartibga solishning keng rejali harakatlari shakllanmoqda. Uchinchidan, raqobat 
hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda muhim qadamlar 
qo‗yilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida raqobatni shakllantirishning asosiy 
tamoyillari qatorida, eng birinchi navbatda, bozor munosabatlarining qaror 


100
toptirilishinita‘kidlash mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish 
ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Raqobatning to‗laqonli 
amal qilishi iqtisodiy jarayonlarning erkinligini taqozo etadi. 
Iqtisodiyotdagi faoliyat va jarayonlarning erkinligining har qanday 
ko‗rinishdagi cheklanishi o‗z navbatida raqobatning ham cheklanishi holatlariga olib 
keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə