Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Iste‘molchilar o‗rtasida limitlarni taqsimlash tugatilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
5.4. Iste‘molchilar o‗rtasida limitlarni taqsimlash tugatilishi.
Moddiy-texnika resurslarining strategik turlari 
O‗zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash 
sharoitida xizmat ko‗rsatuvchilar va iste‘molchilar munosabatlarining erkin raqobat 
ostida yo‗lga qo‗yilishi, shuningdek, bozor subyektlari faoliyatini har bir imkoniyat 
va resurslardan samarali foydalanish hisobiga tashkil etilishiga erishish bugungi 
kunning bugungi eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. O‗zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ko‗rsatib 
berilganidek, ―Jahon bozorlarida raqobatning keskin tus olishi shuni ko‗rsatmoqdaki, 
endilikda korxonalar o‗z maqsad va vazifalarini belgilashda nafaqat mahsulotga 
bo‗lgan oddiy talab va taklifdan kelib chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, 
salohiyatli iste‘molchilarining ehtiyojlari, hohish-istaklari hamda maqsadlarini doimo 
diqqat markazda tutib, ularni chuqur o‗rganishlari va shu sharoitga mos keladigan 
strategiyani amalga oshirishlari muhim bo‗lib qolmoqda‖. 1 Ulgurji savdo faqat 
ishlab chiqarish va iste‘mol bozori o‗rtasidagi tayyor mahsulot taqsimotidan iborat. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun ta‘minot bo‗g‗inidan xomashyo va ehtiyot 
qismlarni ishlab chiqarishga yetkazib berish, ishlab chiqarishdan esa tayyor 
mahsulotlarni iste‘mol bozorlariga taqsimlashni ta‘minlaydi. Bu ulgurji savdoning 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy bo‗g‗in ekanligini 
isbotlaydi. Mamlakatimizda ulgurji savdoning rivojlanish holatini tahlil qilsak,
2017- yilda ulgurji savdo tovar aylanmasi 45 410,0 mlrd. so‗mni yoki 2016- yilga 


101
nisbatan 101,1 foizni tashkil qildi. Umumiy ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 
2016- yilga nisbatan o‗sishiga qaramasdan, yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar 
aylanmasi 10,4 foizga kamayganligini kuzatildi, bu 13 630,2 mlrd. so‗mni tashkil 
etdi. 
2. O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‗zgarishlar, 
modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlari ulgurji savdoning mazmunmohiyati va 
funksiyalariga yangi o‗ziga xos tamoyillar asosida yondoshishga, ularga qo‗yiladigan 
talab, mezon va me‘yorlarni qayta ko‗rib chiqishni taqozo etadi. Ushbu masala 
bo‗yicha tovar-moddiy boyliklar harakati kanalini loyihalash, yaratish va ulardan 
foydalanish 
bilan 
shug‗ullanuvchi 
nazariyotchi 
va 
amaliyotchilarda 
turli 
yondoshuvlar shakllangan. Ma‘lumki, takror ishlab chiqarish davriy jarayon bo‗lib, 
har bir davr ta‘minotdan boshlanadi va tayyor mahsulotni taqsimlash yoki sotish bilan 
yakunlanadi. YA‘ni har bir ishlab chiqarish davrida xomashyo va moddiy resurslar 
tayyor mahsulotga aylantiriladi va sotiladi. Davrlarning takrorlanishi ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta‘minlaydi. Har bir ishlab chiqarish davridagi tovar 
moddiy resurslar harakatining quyidagi qat‘iy belgilangan tartib asosida tashkil 
qilinishini tavsiya qilamiz: 
1) xomashyo va boshqa moddiy resurslarni, ularning manbalaridan korxona 
ta‘minot omborlariga yetkazib berish va vaqtinchalik saqlash, ya‘ni iste‘mol (ishlab 
chiqarish iste‘moli) vaqtigacha saqlash. 
2) Xomashyo va moddiy resurslarni umumzavod ta‘minot omborlaridan ichki 
ishlab chiqarish omborlari, ulardan ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va ish 
o‗rinlaridagi dastgohlarga yetkazib berish. Bu yerda xomashyo va moddiy 
resurslardan detallar, butlovchi qism va yarimtayyor mahsulotlar tayyorlanadi. 
3) Sexlar, uchastkalar va ish o‗rinlarida ishlab chiqarilgan detallar, butlovchi 
qism va yarim tayyor mahsulotlar korxonaning yig‗uv sexiga yetkazib beriladi. Bu 
yerda ulardan tayyor mahsulot yig‗iladi va u korxonaning tayyor mahsulot omboriga 
yetkazib beriladi. 


102
4) Tayyor mahsulot omboridagi mahsulot bozor talabi (buyurtma)ga asosan 
iste‘molchilar o‗rtasida taqsimlanib, realizatsiya qilinadi. 
Moddiy resurslar harakatini tashkil qilish va boshqarishning bunday jarayonida 
ulgurji savdoning funksiyalari ―ta‘minot-ishlab chiqarishiste‘mol‖ zanjiri doirasida 
amal qiladi. Bu holda ulgurji savdo funksiyalari ishlab chiqarish uzluksizligini 
ta‘minlash va o‗z vaqtida iste‘mol bozorida talabni qondirish kabi vazifalarni 
bajaradi. Ulgurji savdoning ―ta‘minot-ishlab chiqarish-taqsimot‖ zanjiridagi 
funksiyalar mamlakat hududlarini kompleks tarzda mutonosib rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mamlakat iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy o‗zgarishlar va 
diversifikatsiya sharoitida ulgurji savdoning funksional tizimlari rivojiga quyidagi 
omillar ta‘sir etadi: 
- moddiy resurslar harakatining optimal kanallarini loyihalash va shakllantirish; 
- moddiy resurslar harakati uchun sarflanadigan vaqt va mablag‗ni tejash; 
- bozor munosabatlarining o‗zgarishi va murakkablashuvi, ta‘minot va 
taqsimot jarayonlari sifat ko‗rsatkichlariga qo‗yiladigan talabning oshishi; 
- moslashuvchan ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimining yaratilishi. 
Ulgurji savdo taqsimot funksiyasini amalga oshirishi uchun zamonaviy bozor 
infratuzilmasining ko‗plab, turli-tuman tuzilmalaridan foydalanadi. Ular yetkazib 
berish kanalining bo‗g‗inlari hisoblanib, ular o‗rtasida murakkab aloqalar tizimi 
shakllanadi.
Yetkazib berishda bunday murakkab aloqalarning vujudga kelishi moddiy 
resurslar harakatining mavjud modellarini modernizatsiya va modifikatsiya qilishni 
taqozo etadi. Moddiy resurslar harakati modellarini modifikatsiyalash, ular oqimini 
tashkil etish va boshqarish yo‗nalishlarini optimallashtirish uchun taqsimot 
markazlarini optimal joylashtirish, moddiy resurslarni yetkazib berishda ulgurji 
savdoning funksiyalari va moddiy resurslar hamda buyurtmalarning optimal 
miqdorini aniqlash va ularni tashishning optimal yo‗nalishlarini ishlab chiqish orqali 
amalga oshirish lozim. 


103

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə