Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Ishlab chiqarishning to‗planishi
ishlab chiqarish 
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik 
korxonalarda to‗planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to‗planishining asosiy sababi bo‗lib olinayotgan foyda 
hajmining ko‗payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‗paytirib borish 
maqsadida tadbirkor olingan qo‗shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini 
kapitallashtiradi, ya‘ni unga qo‗shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
sotib oladi. Bu esa ba‘zi bir korxonalarning o‗sishi hamda ishlab chiqarish 
miqyoslarining kengayishiga olib keladi. SHu bilan birga raqobat amaldagi 
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini 
keltirib chiqaradi. SHunday qilib, ishlab chiqarish to‗planishining moddiy asosi 
bo‗lib kapitalning to‗planishi va markazlashuvi hisoblanadi. 
Kapitalning to‗planishi – bu qo‗shimcha qiymatning bir qismini jamg‗arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi 
ko‗rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab 
19
Бу мазмундаги таърифлар қуйидаги манбаларда ҳам берилган: Шишкин А.Ф. 
Экономическая теория: Учебное пособие для вузов. 2-е изд. Кн.1. – М.: Гуманит. изд. центр 
ВЛАДОС, 1996, 597-б.; Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. 
- М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 208-б.; Основы экономической теории. 
Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, исправл. – 
М.: Едиториал УРСС, 2003, 499-б. 


82
chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, 
foyda hajmi. 
Kapitalning to‗planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada 
to‗ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining 
qo‗shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati 
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‗sishidir. 
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‗planishi farqlanadi. 
Ishlab chiqarishning gorizontal to‗planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma‘lum 
tarmog‗i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, 
shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‗planishining asosiy shakli 
sifatida maydonga tushgan edi.
Ishlab chiqarishning vertikal to‗planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha 
o‗zaro bog‗liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to‗planishidir. U ilmiy-
texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə