Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Sof monopoliyada
tarmoq bitta firmadan iborat bo‗lganligi sababli, u mavjud 
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik 
shakllanadi.


74
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. 
Buning sababi oddiy bo‗lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi 
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
Monopolistik raqobat
o‗z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‗nlab ishlab chiqaruvchilari bir-
birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‗z mahsulotini 
tabaqalashtirish, ya‘ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat 
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‗yicha farqlantirish orqali 
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya
– tarmoqda u qadar ko‗p bo‗lmagan korxonalarning mavjud 
bo‗lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi 
tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik 
qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi 
mumkin. Ko‗pchilik sanoat mahsulotlari – po‗lat, mis, alyuminiy, qo‗rg‗oshin, temir 
va shu kabilar fizik ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya 
sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, 
sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar 
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‗rtasidagi raqobat o‗zaro bog‗liq bo‗ladi. 
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‗zining narx siyosatini mustaqil 
o‗zgartirishga botina olmaydi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‗rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda 
alohida-alohida, ya‘ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‗rganish, 
cheksiz ko‗p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni 
topish qiyinligini ko‗rsatadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə