Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Adolatli foyda olishni ta‘minlaydigan narx. Iste‘molchi ortiqchaligining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

3.7. Adolatli foyda olishni ta‘minlaydigan narx. Iste‘molchi ortiqchaligining 
narx va ishlab chiqarish hajmiga bog‗liqligi 
Adolatli foyda olishni ta‘minlaydigan narx yoki qisqa qilib aytganda ―monopol 
arzon narx‖ tushunchasi O‗zbekiston Respublikasining ―Tovar bozorlarida 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‗g‗risida‖gi Qonunida monopol arzon 
narxlarga keltirilgan ta‘rif tavsifi va maqsadlari bo‗yicha batamom turlicha bo‗lgan 
monopson arzon narxlar va yirtqich narxlarni o‗z ichiga oladi: 
monopol arzon narx — tovar bozorida xaridor sifatida ustun mavqeni egallab 
turgan xo‗jalik yurituvchi subyektning sotib olayotgan tovariga qo‗shimcha foyda 
olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida 
belgilaydigan narxi… 
Ta‘rifning birinchi qismi arzon narxlarga tegishli bo‗lib, ular ular monopsoniya 
holatida ya‘ni – korxona o‗z xaridlari asosida (sotib oluvchi korxona) ustun mavqega 
ega bo‗lgan holatda o‗rnatiladi. 
Ta‘rifning ikkinchi qismi yiritqich narxlarga taalluqli bo‗lib, unda ustun 
mavqega ega bo‗lgan korxona bozordan raqiblarini chiqarib yuborish yoki raqiblarini 
bozorga kiritmaslik maqsadida o‗rnatadi: 
… yoxud tovar bozorida sotuvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan 
xo‗jalik yurituvchi subyektning sotayotgan tovariga ongli ravishda shu tovarni 
sotishdan zarar ko‗radigan darajada belgilaydigan narxi bo‗lib, uni belgilash 
natijasida bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish yo‗li bilan raqobat cheklanadi 
yoki cheklanishi mumkin; 
Agar birinchi holatda mavqeni suiiste‘mol qilish obyekti bo‗lib bir-biriga 
vertikal tarzda bog‗liq bo‗lgan sotuvchilar hisoblansalar, ikkinchi holatda mavqeni 
suiiste‘mol qilish obyekti bo‗lib o‗zaro raqobatlashuvchilar hisoblanadi. 


70
AQSHda ―monopol arzon narxlar tushunchasi‖, ya‘ni monopsoniya (yoki ustun 
mavqega ega bo‗lgan korxona – sotib oluvchi) holatida o‗rnatiladigan narxlar ta‘rifi 
berilmagan. Kamdan-kam ko‗rib chiqiladigan ―yirtqich narxlar‖ tushunchasi mavjud. 
Evropa Ittifoqida esa ―insofsiz arzon xarid narxlari‖ (monopson narxlar) Rim 
SHartnomasini 82(a) moddasiga to‗g‗ri keladi, lekin EH tarixida ushbu narxlar 
bo‗yicha ayblovchi bitta ham hukm chiqarilmagan. Tarixda faqatgina bitta ish ko‗rib 
chiqilgan. Biroq, katta supermarketlarni (ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchilar va 
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini etishtiruvchilarni narxlarni pasaytirishga majbur 
qiladigan) bozor hukmronligidan norozi bo‗lish holatlarini ko‗payishi oqibatida 
―insofsiz arzon xarid narxlari‖bo‗yicha ishlar soni ko‗payishi ehtimoli ham yo‗q 
emas. 
Rossiyada faqat ―yirtqich narxlarga‖ ta‘rif berilgan: 
Tovarni monopol arzon narxi (moliyaviy xizmatlardan tashqari) ushbu tovarni 
ishlab chiqarish va sotishda iqtisodiy asoslangan xarajatlar va oqilona foyda 
summasidan sezilarli kam bo‗lgan, yoki raqobat sharoitida taqqoslanadigan tovar 
bozorida tovarni sotib oluvchilar (sotuvchilar) bilan bitta shaxslar guruhiga 
kirmaydigan va ushbu taqqoslanadigan bozorda ustun mavqega ega bo‗lmagan 
sharitlarda belgilanadigan narxlardan sezilarli darajalarda past bo‗lgan, tovar 
bozorida ustun mavqega ega bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarga 
o‗rnatilgan narx. Sotuvchi tomonidan o‗rnatilgan, raqobatchilarni bozordan siqib 
chiqarish oqibatida raqobatni cheklashga olib kelmasa, tovarni monopol arzon narxi 
hisoblanadi. Tabiiy monopoliya subyektlarini tabiiy monopoliyalarni tartibga solish 
organi tomonidan belgilangan tariflar darajalaridja o‗rnatgan narxi, tovarni monopol 
arzon narxi hisoblanmaydi. 
Ta‘rifni muvaffaqiyatli berilgani shundaki, u ushbu narxlarni qo‗llamaslik 
bo‗yicha ―raqobatni cheklash‖ mezonlarini eslatadi: 
…Agar sotuvchi tomonidan monopol arzon narxni o‗rnatilishi tegishli tovar 
bozoridan raqiblarini siqib chiqarilishiga olib kelmasa … 


71
Yaponiyada bu tushunchaga ta‘rif berilmagan. 
Germaniyada ham bu tushunchaga ta‘rif berilmagan. Doktrina ustun mavqeni 
suiiste‘mol qilishni quyidagi turlari doirasida ishlatiladi: 
… haq to‗lashni qulay bo‗lmagan shartlarini yoki boshqa shartlarni talab qiladi, 
shu vaqtni o‗zida ushbu korxona taqqoslanayotgan bozorlardagi o‗xshash 
xaridorlardan talab qiladi, agar ushbu tarzda tabaqalashtirishga obyektiv isbot mavjud 
bo‗lmasa. 
Buyuk Britaniya ―monopol arzon narxlar‖ tushunchasi, ya‘ni monopsoniya 
(yoki ustun mavqega ega bo‗lgan korxona – sotib oluvchi) holatida o‗rnatiladigan 
narxlar 
ta‘rifi berilmagan. ―Yirtqich narxlar‖ tushunchasini quyidagicha 
aniqlanadigan ta‘rifi mavjud: 
Korxonani keyinchalik haddan ziyodqimmat narxlarni o‗rnatib raqibini 
bozordan chiqarib tashlash maqsadida vatinchalik zarar ko‗rib ishlashga qaratilgan 
strategik xatti-harakati. 
Huquqni qo‗llash amaliyoti Evropa Adolat Sudining tajribasiga binoan 
asoslangan narxlarni uchta darajasi mavjud: 
• o‗rtacha o‗zgaruvchan xarajatlardan past narx – yirtqich narxlarni 
shakllanishi belgilarini mavjudligi 
• o‗rtacha o‗zgaruvchan xarajatlardan yuqori, lekin o‗rtacha umumiy 
xarajatlardan past – raqibni chiqarib tashlash niyati isbotlangan taqdirda yirtqich 
narxlar mavjud bo‗ladi 
• narx o‗rtacha yalpi xarajatlardan yuqori bo‗ladi – yirtqich narxlar bo‗lmaydi. 
Vengriyada esa ―ustun mavqeni suiiste‘mol qilish‖ shakli sifatida insofsiz 
qimmat va arzon narxlar mavjud degan tushuncha bor, biroq ushbu tushunchaga 
qonunda ta‘rif berilmagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə