Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Tarif smetasi. Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlashi)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
3.5. Tarif smetasi. Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlashi)
shart hollar. Narx (tarif)ni shakllantirish tartibi. 
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‗jalik yuritishning bozor 
tizimi to‗g‗risidagi 
marjinalizm
deb atalgan yangi bir ta‘limotni yaratdi. U inglizcha 
so‗zdan olingan bo‗lib, so‗nggi, qo‗shilgan degan ma‘noni beradi. Uning asoschilari 
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk va 
b.) bo‗lib, ular tomonidan qo‗shilgan tovar nafliligining, qo‗shilgan mehnat yoki 
resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. 
Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‗lgan talab va uning narxi o‗rtasidagi 
bog‗liqlik va o‗zaro ta‘sirini tahlil qilishda keng qo‗llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‗nalishi 
neoklassik
, ya‘ni yangi klassik deb 
nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo‗lib, u iqtisodiy 


64
jarayonning funksional bog‗lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat 
qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb 
qaradi. Bu nazariy yo‗nalishning namoyandalaridan biri shveysariyalik iqtisodchi 
Leon Valras bo‗lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab 
chiqishga harakat qildi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar 
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va 
rag‗batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qiymat qonunining mavjudligini e‘tirof 
etadilar. 
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati 
asosida amalga oshishini, qiymatning o‗zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari 
orqali o‗lchanishini ifodalaydi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq 
bo‗lgan ishlab chiqaruvchilarni rag‗batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning 
mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib 
chiqarilishlari yoki xonavayron bo‗lishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy 
sarflarni kamaytirishni rag‗batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari 
bo‗yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat 
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‗z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan 
kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda 
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb 
bo‗lmaydi. CHunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab 
chiqarish usullarini o‗z vaqtida qo‗llab turmasalar, ma‘lum vaqtdan so‗ng o‗z 
ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. 
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida 
bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan 
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:


65
Talab = taklif bo‗lgan holda narx = qiymat. 
Talab > taklif bo‗lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‗lgan holda narx < qiymat.
SHunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‗lmay, balki obyektiv qiymat qonunining 
kuchi ta‘siri ostida bo‗ladi.
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‗rtta tarkibiy 
qismdan iborat bo‗ladi: narx, talab, taklif, raqobat. 
Narxlar nisbati o‗zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun 
ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishi zarurligini aniqlashda yo‗l ko‗rsatkich bo‗lib 
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‗zgarishlar, o‗z 
navbatida, narxlardagi o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‗lishi va unda xususiy 
mulkchilikning ustun turishi; 
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
- raqobat kurashining mavjudligi; 
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‗zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə