Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Monopolist korxonalar. Tabiiy monopoliya subyekti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

3.3. Monopolist korxonalar. Tabiiy monopoliya subyekti 
Tabiiy monopoliyalar tarmoqlari, odatda, yuqori narxlar belgilash huquqiga 
ega bo‗lishi hisobiga mamlakat iqtisodiyotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. SHu 
bois ular faoliyati ustidan davlat nazoratini o‗rnatish, shuningdek mahsulot va 
xizmatlar tannarxini pasaytirish, tegishincha, mahsulot yoki xizmatga narxlar va 
tariflarni belgilash, ularning sifatini oshirish maqsadida bozorda harakat qilish 
qoidalarini ishlab chiqish bozor iqtisodiyoti sharoitida iste‘molchilar, davlat va tabiiy 
monopoliyalar subyektlari manfaatlari mutanosibligini ta‘minlashga qaratilgan 
dolzarb vazifa hisoblanadi. 
Tabiiy monopoliya - tovar bozorining holati bo‗lib, unda texnologik 
xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‗lgan talabni 
qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiq emas.
15
Tabiiy monopoliyalar sohasida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ularni 
tartibga solish usullaridan biri sifatida, monopol faoliyatturlarini tabiiy monopoliyalar 
sohalariga bevosita kirmaydigan, ammo raqobatni keltirib chiqara oladigan faoliyat 
turlaridan ajratish (tabiiy monopol tarmoq tuzilmalari doirasida) hamda raqobat 
15
Ўзбекистон Республикасининг ― Табиий монополиялар тўғрисида‖ги қонуни 24.04.1997 й. 
N 398-I (Янги таҳрири) 


56
asosida ushbu faoliyat turlari bozorini shakllantirish yo‗li bilan raqobat muhitini 
yaratish masalasini hal qiladi. 
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish quyidagi usullarda 
amalga oshiriladi: 
• narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajasini belgilash 
(o‗rnatish) vositasida narxlarni tartibga solish; 
• xizmat ko‗rsatilishi shart bo‗lgan iste‘molchilarni aniqlash va (yoki) ularni 
tabiiy monopoliya subyektlari realizatsiya qiladigan tovar bilan to‗liq hajmda 
qondirishning imkoni bo‗lmagan taqdirda, ta‘minlashning eng kam darajasini 
belgilash. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish uchun qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa usullar ham qo‗llanilishi mumkin. "Tabiiy monopoliya 
subyektlarining davlat reestrini tuzish va yuritish tartibi to‗g‗risidagi nizom"ga 
muvofiq, reestrni tuzish O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi va uning hududiy organlari 
tomonidan ushbu Nizom ilovasida keltirilgan ro‗yxatga muvofiq tabiiy monopoliya 
sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar 
bo‗yicha amalga oshiriladi. Reestr respublika va hududiy bo‗limlardan tashkil topgan. 
Reestrning respublika bo‗limiga
 
tabiiy monopoliya sharoitida ikki va undan ortiq 
viloyatlar hududlarida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar kiritiladi. Tabiiy monopoliyalarni tartib solish sohasidagi asosiy 
qonun hujjati "Tabiiy monopoliyalar to‗g‗risida"gi O‗zbekiston Respubliksi Qonuni 
hamda uni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan qonunosti hujjatlar talablariga 
rioya etilishi ustidan nazorat Raqobat qo‗mitasiga yuklatilgan. 
Ushbu Qonunga muvofiq Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati quyidagi 
3-rasmda keltirilgan sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi. 


57

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə