Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 


49
3-bob. NARXLARNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH 
 
3.1. Narxning vazifalari. Tovar narxi tartibga solinishiga daxldorlar. 
Narx – muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri bo‗lib, u talab va taklif bilan bir 
qatorda bozor qurollaridan biridir. Tovar qiymatining asosi mehnat hisoblanadi, 
qiymat kattaligi esa ushbu sharoitlarda jamiyat zarur deb tan oladigan mehnat 
harajatlari bilan belgilanadi. Narx - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Bozor 
narxida qiymat qonuni, talab va taklif qonuni kabi iqtisodiy qonunlar talablari 
e‘tiborga olinishi kerak, chunki narxlar ijtimoiy - zaruriy mehnat, materiallar, 
xomashyo harajatlariga asoslangan (qiymat qonuni), shuningdek mahsulotning 
iste‘mol xususiyatlarini e‘tibor olgan (talab va taklif qonuni).
Narx bozorni boshqarish quroli sifatida bir qator vazifalarni bajaradi.
 
- hisob;
- rag‗batlantiruvchi;
- tartibga soluvchi;
- taqsimlovchi.
Hisob vazifasi
. Narxning muhim vazifasi – mehnat harajatlari va natijalarini 
o‗lchashdir. Tovar narxi inson va moddiylashgan mehnat, materiallar va 
xomashyolarga harajatlarni o‗z ichiga oladi. Mehnat unumdorligi va samaradorligi 
darajasini ko‗rsatadi, provardida ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot muomalasi va 
foydani belgilaydi. Binobarin, ushbu vazifaning mohiyati narx, ijtimoiy – zaruriy 
harajatlar va ishlab chiqarish natijalarining hisobi rolini bajarishidir.
 
Rag‗batlantiruvchi vazifa
. Iqtisodiy rag‗batlantirish vazifasi mahsulot sifatini 
hisobga olish, uning yaxshilanishini rag‗batlantirish va asortimentni yaxshilashdan 
iborat

Tartibga soluvchi vazifa.
Bozor narxi ishlab chiqaruvchi belgilashni istagan 
narxdan farq qilishi mumkin, chunki u sotuvdan katta savdo puli olishga, iste‘molchi 
esa ushbu mahsulotni sotib olishga o‗zining harajatlarini minimallashtirishga intiladi. 


50
SHuning uchun tartibga soluvchi vazifa talab va taklifni balanslovchi 
muvozanatlashgan narx belgilashdan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə