46
muhoqaza qilish zaruratini bilan bog‗liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‗oyat
muhim rol o‗ynaydi. Bu rol shunda ko‗rinadiki, tovar xo‗jaligi sharoitida ayrim
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish
imkoniyatini paydo bo‗ldi.
SHunday qilib, mulkchilikning huquqiy me‘yorlari, birinchidan, ishlab
chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne‘matlarning
muayyan shaxslarga
(huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun
bilan qo‗riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-mulkni himoya
qilish usullarini belgilab beradi
13
.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini
o‗zida mujassamlashtirgan. SHu sababli mulkchilikning
huquqiy va iqtisodiy
mazmuni bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq. SHu tufayli mulkchilik ham iqtisodiy, ham
huquqiy kategoriyadir. Mulkchilik iqtisodiy o‗zlashtirishning tarixiy muayyan shakli
bo‗lib, undan moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishda
foydalaniladi.
SHunga asoslangan holda mulkchilikni mavjud tarixiy sharoitidan tashqari
mustaqil tushuncha shaklida emas, balki muayyan tarixiy bosqichdagi iqtisodiy
munosabat shaklida tushunmoq kerak. Davr taqozosiga asosan mulkchilik turli
shakllarda namoyon bo‗ladi. Mulkchilik subyekti O‗zbekiston Respublikasining
Fuqarolik
Kodeksiga muvofiq fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulkchilik
huquqining subyektlaridir. Er, er osti boyliklari, suvlar, havo bo‗shlig‗i, o‗simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, binolar,
inshootlar, uskunalar, xomashyo va mahsulotlar, pul, qimmatbaho qog‗ozlar va
13
Ш.Ш.Шодмонов.У. В. Ғофуров. ―Иқтисодиѐт назарияси‖. Дарслик. -Т.: ―IQTISOD-MOLIYA‖. 2010 йил
89 -бетдаги
47
boshqa molmulklar, shuningdek intellektual mulklar
mulk huquqlari obyektlari
jumlasiga kiritiladi.
Mulkchilik ishlab chiqarishning ashyoviy omillariga va xizmatlariga egalik
qilishda shakllanadi. Masalan, tovar oborotida biror shaxsda konkret ashyoga
mulkchilik huquqining vujudga kelishi ayni vaqtda boshqa shaxsdagi unga bo‗lgan
mulkchilik huquqining bekor qilinishini anglatadi.
Mulkka egalik huquqining bekor bo‗lishi mulkdor irodasiga bog‗liq bo‗lmagan
vaziyatlar jumlasiga molmulkni tugatish (yo‗q qilish), milliylashtirish – fuqarolar va
yuridik shaxslarga tegishli mol-mulkka egalik huquqining haq to‗lab boshqa shaxsga
o‗tkazilishi,
rekvizitsiya – mulkdordan mulkni uning qiymatini to‗lagan holda olish kabilar kiradi.
Mulkdor o‗z xohish irodasiga qarab, ishlab chiqarish vositalaridan ishlab chiqarish
faoliyatida foydalanmasdan chetlashtira olishi, boshqa bir tadbirkorga ijaraga berishi
mumkin. Bunda mulkdor bilan tadbirkor o‗rtasida mulkdan xo‗jalikda foydalanish
munosabatlari yuzaga keladi. Bu holatda tadbirkor ijaraga olgan mulkka vaqtincha
egalik qilish va undan foydalanish uchun yuridik huquqni qo‗lga kiritadi.
O‗zbekiston Konsititutsiyasining 53-moddasiga muvofiq «O‗zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha
mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan
bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi»
14
.
Biz totalitar tuzumning o‗z hukmini o‗tkazishi va boshboshdoqligidan voz
kechdik. Odamning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan, shuningdek,
mulkchilikning hamma vakillaridagi ma‘muriy-xo‗jalik tuzilmalari bilan xilma-xil
munosabatlarini tartibga solishning huquqiy normalari sari dadil qadam
tashladik‖. Jamiyatning iqtisodiy negizi – mavjud mulkchilik munosabatlariga
asoslanadi. SHu sababli nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma‘noga ham ega.
14
Ўзбекистон Республикаси Консититуциясининг 53-моддасига оид. - Т: O‘zbekiston
48
O‗zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini
va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. «Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‗g‗risida», «Xususiy korxona to‗g‗risida»gi
Qonunlar va boshqa qator huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‗n uchinchi
sessiyasida «Xususiy korxona to‗g‗risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan
jamiyatimizda xususiy mulkning maqomini yanada mustahkamlash va xususiy
tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash borasidagi faoliyatning huquqiy asoslarini
rivojlantirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak xato bo‗lmaydi. Ma‘lumki,
mulk qadimdan barcha kishilik jamiyatini va u jamiyat a‘zolari hisoblangan
fuqarolarni ohanrabodek o‗ziga tortib kelgan. Zero, kishilarning o‗zlari to‗plagan
mol-mulkiga qarab,
ularning
jamiyatdagi,
ijtimoiy
turmushdagi
mavqelari
belgilangan. Jamiyatning iqtisodiy negizi — mavjud mulkchilik munosabatlariga
asoslanadi. SHu sababli
mulk nafaqat yuridiy mazmunga, balki iqtisodiy ma‘noga
ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o‗ziga
xos tarzda "taqdim etilgan" boyliklar har doim mulk bo‗lib kelgan.
Dostları ilə paylaş: