Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Ustama narxlar. Narxlarni tartibga soluvchi organ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

3.2. Ustama narxlar. Narxlarni tartibga soluvchi organ. 
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish 
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi 
farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug‗diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan 
barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim 
turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz. 
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir 
yo‗la ko‗tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab 
chiqaruvchilar va ta‘minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning 
ma‘lum miqdorda foyda ko‗rishini ta‘minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va 
savdo uylarida ham qo‗llaniladi. 
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, 
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar 
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‗zgarmaydi. Mazkur narxlar ham 
milliy va ham xalqaro bozorda qo‗llaniladi. U xalqaro bozorda qo‗llanilganda tovar 
(xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. 
CHakana 
narxlar. 
Bu 
narxlarda 
tovarlar 
bevosita 
iste‘molchilarga 
sotiladi. CHakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining 
xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. CHakana narx tovarlarga bo‗lgan talab 
va taklifni bog‗lovchi rolini o‗ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki 
past bo‗lishi mumkin. 


52
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va 
dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegeralangan narxlarda davlat narxlarning 
yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‗zgarishi mumkin. Bunday 
narxlar 
yordamida 
davlat 
inflyasiyani 
jilovlaydi, 
narxlarni 
nazorat 
qiladi. Dotatsiyalangan narx - bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan 
narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va 
nogironlarni hayotiy zarur ne‘matlar bilan eng kam darajada ta‘minlab turishda 
foydalaniladi. 
Demping narx. Bozorda o‗z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib 
chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki 
bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan 
kechib yuboriladi. 
Sotish hajmini o‗zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun 
firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo‗llash uchun bozorda raqobat 
cheklangan bo‗lib, monopol vaziyat mavjud bo‗lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab 
narxga bog‗liq bo‗lmaydi, shu sababli narxning ko‗tarilishi tovar sotilishini keskin 
kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid 
qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala 
hovliga ega bo‗lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar kiyish, 
yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obro‗talab iste‘mol 
hisoblanadi. Martabali iste‘mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi 
narxlardan ancha yuqori bo‗ladi. Nufuzli narxlarni qo‗llashda tovarlarni ishlab 
chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‗zgarishi va 
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. SHunga qarab, ma‘lum davrgacha 
o‗zgarmaydigan qat‘iy (standart) narxlar va o‗zgaruvchan narxlar qo‗llaniladi. 
SHunday tovarlar borki, iste‘molchilar ularning narxi o‗zgarmasligini afzal ko‗radi. 


53
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta‘riflari shunday narxlar jumlasiga 
kiradi. 
Erkin bozor narxlari - bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor 
narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar 
jamiyat va bozor munosabatlari barcha subyektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda 
uyg‗unlashtirishga imkon beradi. 
Narx diapazoni narxlar oralig‗ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, 
o‗rta va yuqori narxlarni o‗z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo‗lsa, 
tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‗zaro bog‗lanadi. 
Bozor ko‗lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro 
narxlar mavjud bo‗ladi.Hududiy narx faqat ma‘lum hududiy bozorga xos bo‗lib, u 
shu hudud doirasidagi omillar ta‘siridan hosil bo‗ladi. Milliy bozor narxi bir 
mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi 
narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-harajatlarni, milliy 
bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga 
oladi. Jahon narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon 
standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini 
hisobga oladi. 
Narx xilma-xil turlardan iborat bo‗lsada, ular bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan, 
chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‗z ifodasini 
topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb 
ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‗liq bo‗lganidan narxlar 
bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina 
narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o‗zidan 
keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o‗ziga xos tovarlar 
chiqadiki, ular ko‗pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar 
hisoblanadi. Bular metall, neft, ko‗mir, gaz, yog‗och, bug‗doy, paxta kabi tovarlar 
bo‗lib, ular narxining o‗zgarishi butun narxlar nisbatini o‗zgartiradi. 


54
Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‗lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‗lishi 
mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda 
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq 
davr davomida, o‗z-o‗zidan, evolyusion yo‗l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin 
erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‗z aksini topadi. 
Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi 
uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan 
yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‗lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror 
toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQSHda davlatning xususiy monopoliyalar 
faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan 
qonunda («SHerman qonuni») o‗z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi 
qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan chora-tadbirlar boshqa 
mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. 
Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlarda, shu 
jumladan, bizning respublikada sog‗lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy 
subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim 
jihatlari hisoblanadi. 
O‗zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan 
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa 
shakllarini vujudga keltirish asosiy o‗rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, 
birinchidan, mulk o‗z egalari qo‗liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‗p ukladli iqtisodiyot 
va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. 


55
SHunday qilib, O‗zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning 
asosiy yo‗li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli 
xo‗jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo 
etuvchi bozor tizimiga o‗tishdir. Bu erda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, 
avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‗lishini taqozo qiladi, 
chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas‘uliyat asosida o‗z 
manfaatiga ega bo‗lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‗jalik 
subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə