Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Narxlarni tartibga soluvchi koeffitsientlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
3.4. Narxlarni tartibga soluvchi koeffitsientlar
(pasaytiruvchi yoki oshiruvchi). 
Transfert narxlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xalqaro hujjatlar 
mavjud emas. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan 
transmilliy korxonalar va soliq organlari uchun transfert narxlar bo‗yicha Qo‗llanma 
(OECD Transfer pricing guidelines for multinational enterprises and tax 
administrations) (keyingi o‗rinlarda – Qo‗llanma) ishlab chiqilgan. Bu tavsiyaviy 
tusdagi hujjat bo‗lsa-da, uning qoidalari turli mamlakatlar, jumladan IHTT a‘zosi 
bo‗lmagan davlatlar milliy qonunchiligida ham o‗z aksini topgan. 
Hozirda amalda bo‗lib turgan Qo‗llanma 1979- yilda qabul qilingan Transfert 
narxlar bo‗yicha Hisobotning yangi tahriri hisoblanadi. Qo‗llanma 2010- yil 
22- iyulda tasdiqlangan. Qo‗llanmada soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash 
usullari ikki guruhga ajratilgan: an‘anaviy usullar hamda tahlil va foydani 
taqsimlashga asoslangan usullar. Qo‗llanma transfert narxlarni aniqlashning quyidagi 
usullaridan foydalanishni tavsiya etadi:
An‘anaviy usullar: 
Bozor narxi usuli (comparable uncontrolled price method); 
Qayta sotish narxi usuli (resale price method); 
Joriy xarajatlar usuli (cost-plus method).


59
Tahlil va foydani taqsimlashga asoslangan usullar: 
Bitim bo‗yicha toza marja usuli ( Transactional net margin method); 
Bitim bo‗yicha foydani taqsimlash usuli (Transactional profit split method). 
Transfert narxlar hosil qilinishini aniqlashning qaysi usulini tanlash ishning 
aniq holatiga bog‗liq bo‗lib, har bir usulning afzallik va kamchilik tomonlari, ularni 
qo‗llash uchun zarur ma‘lumotlarni to‗plash imkoniyati, bitimlarni o‗zaro solishtirish 
darajasi singari faktorlar e‘tiborga olinadi.
Qo‗llanmaning yuridik tabiati to‗g‗risida mulohaza qiladigan bo‗lsak, IHTT 
to‗g‗risida konvensiyaning 5(b)-moddasiga ko‗ra majburiy xususiyatga ega emas va 
IHTTga a‘zo davlatlarga Qo‗llanmaga rioya qilish tavsiya etiladi xolos.
SHunday bo‗lsa-da, IHTTga a‘zo va a‘zo bo‗lmagan davlatlar tomonidan 
transfert narxlar bo‗yicha qonunchilikni ishlab chiqishda Qo‗llanmadan keng 
foydalanib kelinmoqda. SHuningdek transfert narxlar bo‗yicha nizolarni ko‗rib 
chiqish davomida ko‗pgina mamlakatlar sudlari Qo‗llanmadan foydalangan holda 
mamlakat transfert narxlar qonunchiligini sharhlashda foydalanmoqdalar. 
Masalan, Irlandiya, Meksika, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Latviya, 
Peru va Ruminiya davlatlari o‗zlarining transfert narxlar bo‗yicha milliy 
qonunchiligida Qo‗llanmadan mazkur qonunlarni sharhlash maqsadida foydalanish 
to‗g‗risida qoidalarni kiritganlar. 
Transfert narxlarni tartibga solish bo‗yicha AQSH tajribasi Transfert narxlarni 
tartibga solishga qaratilgan milliy qonunchiliklar tarixiga nazar solsak, bu sohada 
AQSH boshqa davlatlarga nisbatan ancha ilgarilab ketganiga guvoh bo‗lamiz. 
AQSH Ichki daromad kodeksi (Soliq kodeksi) 482-qismida transfert narxlarni 
tartibga soladigan qoidalar belgilangan. Mazkur 482-qism 1920-yillarda qabul 
qilingan. Unda soliq organlariga firmalararo tijorat munosabatlarida soliq to‗lashdan 
qochish maqsadida past narxlar o‗rnatilgan bo‗lsa, soliq organlariga narxlarga 
tuzatish kiritish hamda ularni qayta hisoblab chiqish va soliq solish bo‗yicha 
vakolatlar berilgan. Ushbu 482-qismda transfert narxlarni aniqlashning maxsus 


60
usullari belgilab berilgan. Mazkur usullar Qo‗llanmada belgilangan usullarga 
o‗xshash. CHunki AQSHda transfert narxlar bo‗yicha qonun hujjatlari avvalroq 
ishlab chiqilgan hamda undagi qoidalardan 1960-yillarda Qo‗llanmani ishlab 
chiqishda ham foydalanilgan.
AQSHning transfert narxlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchiligi soliq 
to‗lovchilarni o‗zaro aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzish davomida transfert 
narxlar shakllanishining oldini olish maqsadida Ichki daromad xizmati bilan 
Dastlabki narxlash bo‗yicha kelishuv (Advance Pricing Agreement (APA)ga 
kirishishi mumkin. Mazkur kelishuvlarni amaliyotga kiritish ham AQSHda 
boshlangan va boshqa mamlakatlarning qonunchiligiga inkorporatsiya qilinishiga 
asos bo‗lib xizmat qilgan. Mazkur holda o‗zaro aloqador kompaniyalar bilan bitimlar 
tuzayotgan kompaniya soliq organlari tomonidan tekshiruvlar o‗tkazilishi va hujjatlar 
tayyorlashning o‗rniga soliq organi bilan kelishuv tuzadi. Bu esa kompaniyalar uchun 
ham, soliq xizmati organlari uchun ham kelib chiqishi mumkin bo‗lgan nizolarni hal 
qilish xarajatlarining oldini oladi. 
Buyuk Britaniyaning amaldagi transfert narxlarni tartibga solishga qaratilgan 
qonunchiligi 2010 yilda qabul qilingan Soliq solish to‗g‗risida qonun (Taxation Act 
(International and Other Provisions, Xalqaro va boshqa qoidalar) bilan tartibga 
solinadi. Mazkur qonun kompaniyalar tomonidan transfert narxlarni qo‗llagan 
hollarda soliq xizmati organlari tomonidan transfert narxlar shakllanishini hisoblab 
chiqish usullari, narxlar bilan manipulyasiya qilish hollari mavjud bo‗lgan hollarda 
narxlarga tuzatishlar kiritish asoslari va usullarini belgilab beradi. Buyuk Britaniya 
qonunchiligida ham kompaniyalar va soliq xizmati organlari o‗rtasida Dastlabki 
narxlash bo‗yicha kelishuv (Advance Pricing Agreement (APA)ga kirishishi 
mumkinligi belgilab qo‗yilgan.
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi Rossiya Federatsiyasida transfert narxlarni 
tartibga solishga qaratilgan qonunchilikning qabul qilinganiga unchalik ko‗p bo‗lgani 
yo‗q. 2011- yil 18- iyulda «Soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash prinsiplarini 


61
takomillashtirish sababli Rossiya Federatsiyasining ba‘zi qonunlariga o‗zgartirish 
kiritish to‗g‗risida» qonun qabul qilingan. Mazkur qonun bilan Rossiya Federatsiyasi 
Soliq kodeksiga yangi – «V.1. O‗zaro aloqador shaxslar. Narxlar va soliq solishning 
umumiy qoidalari. O‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida tuziladigan bitimlar bo‗yicha 
soliq nazorati. Narxlarni shakllantirish bo‗yicha kelishuv» bo‗lim kiritildi. Soliq 
kodeksiga kiritilgan mazkur qo‗shimchalar Qo‗llanmada keltirilgan tavsiyalarga mos 
keladi. YAngi kiritilgan qoidalar transfert narxlardan foydalanish sohasida davlat 
nazoratini amalga oshirishning samaradorligini oshirishga bag‗ishlangan. Kiritilgan 
o‗zgartirishlar o‗zaro aloqador shaxslar tushunchasini ancha kengaytirib berdi. 
O‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida tuziladigan bitimlar nazorat qilinuvchi bitimlar 
deb tan olingan3 . Qonunchilik, shuningdek, nazorat qilinuvchi bitimlarning boshqa 
turlarini ham ko‗rsatib o‗tadi. O‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida tuzilgan 
bitimlardagi daromadlarni aniqlashning quyidagi usullarini qo‗llash belgilab 
qo‗yilgan: 
● Solishtirma bozor narxlari usuli; 
● Qayta sotish narxi usuli; 
● Xarajatlar usuli; 
● Solishtirma rentabellik usuli; 
● Foydani taqsimlash usuli. 
Transfert 
narxlar 
yuqoridagi 
usullarni 
qo‗llagan 
holda 
aniqlanadi. 
Qonunchilikda ikki yoki undan ortiq usullarning kombinatsiyasidan foydalanishga 
ruxsat beriladi. Soliq kodeksi soliq to‗lovchilarni soliq organlari talabiga binoan 
muayyan bitim bo‗yicha hujjatlarni taqdim etish majburiyatini belgilab qo‗ygan. 
Mazkur hujjatlar transfert narxlar qo‗llanilishini aniqlash uchun foydalaniladi. 
Qonunchilik soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar turini belgilab 
beradi. SHuni aytib o‗tish muhimki, Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksida transfert 
narxlarni nazorat qilish soliq tekshiruvining yangi turi hisoblanadi. O‗zaro aloqador 
shaxslar o‗rtasida bitimlar tuzilishi bilan bog‗liq soliqlarni hisoblab chiqish va 


62
to‗lashning to‗laligini tekshirish o‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida shunday bitimlar 
tuzilganda amalga oshiriladi. Agar o‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasida transfert 
narxlarni qo‗llash soliqlar o‗z vaqtida to‗lanmasligiga olib kelsa, bu to‗lanmagan 
soliqning 40% miqdorida, 30 000 rubldan kam bo‗lmagan summada jarima to‗lashga 
olib keladi. Agar soliq to‗lovchi soliq organlariga mazkur narxlarning bozor narxlari 
ekanligini asoslovchi hujjatlarni taqdim etadigan bo‗lsa yoki soliq organlari bilan 
Narxlarni shakllantirish to‗g‗risida bitim tuzgan bo‗lsa, mazkur jarimani to‗lashdan 
ozod qilinadi4 . Rossiya Federatsiyasi soliq qonunchiligi ham soliq solish maqsadida 
narxlarni shakllantirish to‗g‗risida kelishuv tuzish imkoniyatini beradi. Bunday 
imkoniyatdan faqatgina qonun bo‗yicha yirik soliq to‗lovchi maqomiga ega bo‗lgan 
soliq to‗lovchilar foydalanishi mumkin. Kelishuv soliq to‗lovchi hamda davlat soliq 
organi o‗rtasida tuziladi hamda unda kelishuv tuzilgan muddat davomida nazorat 
qilinuvchi bitimlar bo‗yicha narxlarni belgilash va (yoki) narxlarni shakllantirishni 
aniqlash usullarini qo‗llash tartibi nazarda tutiladi. Qozog‗iston Respublikasi 
qonunchiligi MDH davlatlari o‗rtasida transfert narxlarni tartibga solish bo‗yicha 
Qozog‗iston Respublikasining tajribasi boshqa davlatlarnikiga nisbatan ko‗proqdir. 
Qozog‗iston «Transfert narxlar to‗g‗risida»gi qonunni 2008 yilda qabul qilgan. Bu 
mamlakatda transfert narxlarni belgilovchi qoidalar Soliq kodeksining bir qismi 
emas, balki alohida qonun hujjati sifatida qabul qilingan. Mazkur qonun transfert 
narxlarni nazorat qilishda nafaqat o‗zaro aloqador shaxslar o‗rtasidagi bitimlarda, 
balki boshqa turdagi bitimlar qo‗llaniladigan transfert narxlar qo‗llanilishini nazorat 
qiladi. Transfert narxlarning shakllanish bo‗yicha nazorat xalqaro tijorat 
operatsiyalari bo‗yicha bitimlar hamda Qozog‗iston Respublikasi hududida 
tuziladigan va bevosita xalqaro tijorat operatsiyalari bilan bog‗liq bo‗lgan bitimlar 
bo‗yicha amalga oshiriladi5 . Qozog‗iston Respublikasining transfert narxlar 
bo‗yicha qonunchiligi Qo‗llanmada keltirilgan tavsiyalarga mos keladi. Mazkur 
qonunning 12-moddasiga asosan bitimlardagi bozor narxlarini aniqlash uchun 
quyidagi usullardan foydalaniladi: 


63
1) solishtirma nazorat qilinmaydigan narxlar usuli; 
2) «xarajatlar plyus» usuli; 
3) qayta sotish narxi usuli;
4) foydani taqsimlash usuli; 
5) sof foyda usuli. Nazorat qilinuvchi bitimlar bo‗yicha narxlarda bozor 
narxlaridan boshqacha narx qo‗llaniladigan bo‗lsa, vakolatli organlar bitim 
tomonlariga nisbatan tekshiruv o‗tkazishlari mumkin va mazkur tekshiruv natijasiga 
ko‗ra vakolatli organlar soliq solish obyekti va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarga 
tegishli tuzatishlar kiritadilar. 
YUqoridagi misollardan ko‗rinib turibdiki, transfert narxlarni shakllantirish 
orqali o‗zaro aloqador shaxslar tomonidan soliqlarni to‗lashdan bo‗yin tovlashga 
qarshi kurashish bo‗yicha xalqaro tashkilotlarning aniq tavsiyalari ishlab chiqilgan 
hamda mazkur tavsiyalarga tayangan holda ko‗p davlatlarda, shuningdek MDH 
davlatlarida soliqlardan bo‗yin tovlashga qarshi kurashish bo‗yicha samarali huquqiy 
mexanizmlar ishlab chiqilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə