Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Monopoliyalar va ularning turlari. Monopol bozor shartlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
4.3. Monopoliyalar va ularning turlari. Monopol bozor shartlari 
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular 
o‗rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‗rinishlarda namoyon bo‗lib bormoqda. 
Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‗rtasida mavjud bo‗lishiga 
ko‗ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 
1)
monopollashmagan korxonalar o‗rtasidagi raqobat; 


80
2)
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab 
chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat; 
3)
turli monopoliyalar o‗rtasidagi raqobat; 
4)
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
SHuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‗irrom va halol raqobatlashuv usullari 
ham ajratib ko‗rsatiladi. Raqobatlashuvning noan‘anaviy, jamiyat tomonidan e‘tirof 
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya‘ni, 
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‗siga putur etkazish va h.k.) 
usullaridan foydalanish g‗irrom raqobat deb yuritiladi. G‗irrom raqobat orqali 
firmalar o‗z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz 
bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta‘minotchilarini kredit va 
materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, etakchi mutaxassislarni 
og‗dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‗irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat 
muhitining ta‘minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal 
qilish xususiyatlarini ko‗rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‗quv adabiyotlarida turlicha ta‘rif beriladi. 
Jumladan, ba‘zi o‗rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning 
qandaydir xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»
17
sifatida qaralsa, 
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har 
qanday (ba‘zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»
18
deb ta‘riflanadi. Bu 
ta‘riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka 
hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, 
uni quyidagicha ta‘riflash o‗rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori 
17
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, 
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 121-б.
18
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, 191-б.; 
Тожибоева Д. Иқтисодиѐт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма. Т.: 
«Ўқитувчи», 2002, 246-б. 


81
narxlarni o‗rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar 
va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar 
(firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari
19

«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, 
grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning 
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. 
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning 
to‗planishi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə