Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


4.2. Mukammal raqobatlashgan bozorlar va ularda faoliyat yuritayotgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 


75
4.2. Mukammal raqobatlashgan bozorlar va ularda faoliyat yuritayotgan 
firmalarning xatti-harakati. Raqobatlashmagan bozorlar. 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim 
belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. 
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan 
yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) 
o‗rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda 
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash 
uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va 
materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab 
chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat pirovardida iste‘molchilarni o‗ziga jalb etish uchun 
kurashni ham anglatadi. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy 
resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab 
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat bozor 
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‗liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon 
bo‗ladi. 
Raqobat iste‘molchilar o‗rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon 
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya‘ni xaridor har bir sarflangan pul birligi 
evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni 
sotib olish uchun kurashadilar. 
SHunday qilib, raqobat ko‗p qirrali iqtisodiy hodisa bo‗lib, u bozorning barcha 
subyektlari o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor 
subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashuvidan iborat bo‗lib, ular o‗rtasidagi 
yuqori foyda va ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashni anglatadi.
Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish 
usulini davom ettirgan holda quyidagi ko‗rinishda ifodalash mumkin (8-rasm).


76
CHizmadan ko‗rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir 
birligi evaziga ko‗proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda 
orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay 
bozorlar, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun 
kurash boradi. 
O‗z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‗m xarajati 
evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, 
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‗lishga harakat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə