Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 


72
4-bob. MONOPOL HOKIMIYAT VA UNING BOZOR IQTISODIYOTIGA 
TA‘SIRI 
 
4.1. Monopoliyalarni o‗rganishning uslubiy asoslari 
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‗nalishlari bo‗lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‗jalik hayotining barcha 
sohalaridagi to‗siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda 
qisqartirish yoki bekor qilishga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U 
butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; 
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‗tish; 
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini 
pasaytirish. 
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu 
yo‗nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar 
yaratilishi; 
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma‘muriy to‗siqlarni olib 
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‗llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi 
to‗siqlarni pasaytirish; 
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va 
boshqalar.
3. Institutsional o‗zgarishlar. Mazkur o‗zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab 
oladi: 
- mulkchilik munosabatlarini o‗zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; 


73
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya 
fondlari va h.k.) shakllantirish; 
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; 
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‗jalik qonunchiligini qabul qilish va 
boshqalar.
4. Tarkibiy o‗zgarishlar. Tarkibiy o‗zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va 
uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni 
yumshatish yoki bartaraf etishga yo‗naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta 
qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‗lovga qodir talabga ega 
bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu 
jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror 
amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‗tkazilib turadi. Bu yo‗nalishning 
muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining 
inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyasiya 
shaklida namoyon bo‗ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo‗lishi bozor 
munosabatlarining me‘yorda qaror topishiga to‗sqinlik qiladi, shuning uchun uni 
bartaraf etish o‗tish davri iqtisodiyoti uchun o‗ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy 
barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti 
taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta‘minlash va boshqalar kiradi. 
6. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‗jaligiga mos bo‗lgan tizimini 
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlashga o‗tishga yo‗naltirilgan. 
Bozor tizimining ko‗rsatib o‗tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga 
etishi o‗tish davri tugaganligidan darak beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə