Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

5.2. Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini 
sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish 
Respublikamizda o‗tkazilayotgan tub islohotlardan bosh maqsad bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat qurish va uni rivojlantirishdir. SHuning 
uchun ham mamlakatimizda 2017-2021 yillar O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar strategiyasida 
qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlari belgilab olindi. Har 
bir xo‗jalik subyekti sifati jihatdan bozor talabiga to‗liq javob beradigan
raqobatbardosh mahsulotlarni imkoniyati boricha kam xarajat evaziga ishlab 
chiqarish talab etiladi. Bu esa o‗z navbatida korxonalar iqtisodiyotining 
barqarorlashishi va o‗sishini, shuningdek, kelgusida yanada samaraliroq faoliyat 
ko‗rsatishini taminlaydi. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini 
pasaytirishga, korxonaning foydasi va rentabelligini oshirish, oqibat natijada ishlab 
chiqarish samaradorligini ko‗tarish imkoniyatini beradi. To‗qimachilik korxonalari 
xomashyo sarfini eng ko‗p talab qiladigan ishlab chiqarish tarmoqlari qatoriga kiradi. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxida xomashyo va asosiy materiallarning ulushi 90% 
gacha tashkil etilishi mumkin. Moddiy sarf xarajatlarni muntazam ravishda 
qisqartirib borish mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mahsulot 
raqobatbardoshligini oshirish hamda korxonaning texnik iqtisodiy ko‗rsatkichlarini 
yaxshilash imkoniyatini beradi. Tahlilda haqiqatda ishlab chiqarilgan tovar 
mahsulotining tannarxida xomashyoga ketgan xarajatlarning reja ko‗rsatkichidan 
farqi aniqlanadi. Bu farq mahsulot birligiga to‗g‗ri keladigan xomashyo sarfi miqdori 


96
hamda qiymatining o‗zgarishi hisobiga yuzaga keladi. Xomashyo sarfi hamda 
qiymatining o‗zgarishi turli omillar hisobiga yuzaga keladi. Tahlil davomida ushbu 
omillarning ta‘siri ham o‗rganilishi kerak. SHunday qilib biz to‗qimachilik 
korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda xomashyo va asosiy 
materiallar omilining ta‘sirini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olishimiz kerak: - 
mahsulot ishlab chiqarish tannarxida xomashyo va asosiy materiallarga ketgan 
xarajatlarning reja ko‗rsatkichidan farqlanishi; - xomashyo sarfi me‘yori va narxi 
omillarining xomashyo va asosiy materiallarga ketgan sarf-xarajatlarning reja 
ko‗rsatkichidan farqlanishiga ta‘sirini aniqlash: - ba‘zi omillarning xomashyo sarfi 
me‘yoriga ta‘sirini aniqlash; - xomashyo va asosiy materiallar qiymatining reja 
ko‗rsatkichlaridan farq qilish sabablarini aniqlash; - mahsulot ishlab chiqarish 
tannarxida xomashyo va asosiy materiallarga ketgan sarf-xarajatlarni qisqartirish 
ichki imkoniyatlarini aniqlash. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish omillarini tahlil qilar ekanmiz, 
mahsulot birligiga ketadigan xomashyo sarfi ulushini ham tahlil qilish maqsadga 
muvofiqdir. Xomashyo sarfini 2 guruhga bo‗lish mumkin: mahsulotga ketgan 
xomashyo hamda chiqindilarga ketgan xomashyo unumli foydalanilgan xomashyoni 
umumiy xomashyo sarfiga nisbati xomashyo va materiallardan foydalanish 
koeffitsienti deyiladi. CHiqindilar esa qayta ishlatilsa bo‗ladigan va qayta ishlatib 
bo‗lmaydigan chiqindilarga bo‗linadi (1-jadval). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə