3.2. Ustama narxlar. Narxlarni tartibga soluvchi organ.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi
farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug‗diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan
barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim
turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir
yo‗la ko‗tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab
chiqaruvchilar va ta‘minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning
ma‘lum miqdorda foyda ko‗rishini ta‘minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va
savdo uylarida ham qo‗llaniladi.
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan,
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‗zgarmaydi. Mazkur narxlar ham
milliy va ham xalqaro bozorda qo‗llaniladi. U xalqaro bozorda qo‗llanilganda tovar
(xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
CHakana
narxlar.
Bu
narxlarda
tovarlar
bevosita
iste‘molchilarga
sotiladi. CHakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining
xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. CHakana narx tovarlarga bo‗lgan talab
va taklifni bog‗lovchi rolini o‗ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki
past bo‗lishi mumkin.
52
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va
dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegeralangan narxlarda davlat narxlarning
yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‗zgarishi mumkin. Bunday
narxlar
yordamida
davlat
inflyasiyani
jilovlaydi,
narxlarni
nazorat
qiladi. Dotatsiyalangan narx - bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan
narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va
nogironlarni hayotiy zarur ne‘matlar bilan eng kam darajada ta‘minlab turishda
foydalaniladi.
Demping narx. Bozorda o‗z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib
chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki
bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan
kechib yuboriladi.
Sotish hajmini o‗zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun
firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo‗llash uchun bozorda raqobat
cheklangan bo‗lib, monopol vaziyat mavjud bo‗lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab
narxga bog‗liq bo‗lmaydi, shu sababli narxning ko‗tarilishi tovar sotilishini keskin
kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid
qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala
hovliga ega bo‗lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar kiyish,
yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obro‗talab iste‘mol
hisoblanadi. Martabali iste‘mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi
narxlardan ancha yuqori bo‗ladi. Nufuzli narxlarni qo‗llashda tovarlarni ishlab
chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‗zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. SHunga qarab, ma‘lum davrgacha
o‗zgarmaydigan qat‘iy (standart) narxlar va o‗zgaruvchan narxlar qo‗llaniladi.
SHunday tovarlar borki, iste‘molchilar ularning narxi o‗zgarmasligini afzal ko‗radi.
53
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta‘riflari shunday narxlar jumlasiga
kiradi.
Erkin bozor narxlari - bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor
narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar
jamiyat va bozor munosabatlari barcha subyektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda
uyg‗unlashtirishga imkon beradi.
Narx diapazoni narxlar oralig‗ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi,
o‗rta va yuqori narxlarni o‗z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo‗lsa,
tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‗zaro bog‗lanadi.
Bozor ko‗lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro
narxlar mavjud bo‗ladi.Hududiy narx faqat ma‘lum hududiy bozorga xos bo‗lib, u
shu hudud doirasidagi omillar ta‘siridan hosil bo‗ladi. Milliy bozor narxi bir
mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi
narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-harajatlarni, milliy
bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga
oladi. Jahon narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon
standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini
hisobga oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat bo‗lsada, ular bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan,
chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‗z ifodasini
topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb
ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‗liq bo‗lganidan narxlar
bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina
narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o‗zidan
keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o‗ziga xos tovarlar
chiqadiki, ular ko‗pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar
hisoblanadi. Bular metall, neft, ko‗mir, gaz, yog‗och, bug‗doy, paxta kabi tovarlar
bo‗lib, ular narxining o‗zgarishi butun narxlar nisbatini o‗zgartiradi.
54
Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‗lishini taqozo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‗lishi
mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq
davr davomida, o‗z-o‗zidan, evolyusion yo‗l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin
erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‗z aksini topadi.
Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi
uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan
yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‗lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror
toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQSHda davlatning xususiy monopoliyalar
faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan
qonunda («SHerman qonuni») o‗z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi
qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan chora-tadbirlar boshqa
mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlarda, shu
jumladan, bizning respublikada sog‗lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy
subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim
jihatlari hisoblanadi.
O‗zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa
shakllarini vujudga keltirish asosiy o‗rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida,
birinchidan, mulk o‗z egalari qo‗liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‗p ukladli iqtisodiyot
va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
55
SHunday qilib, O‗zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning
asosiy yo‗li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli
xo‗jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo
etuvchi bozor tizimiga o‗tishdir. Bu erda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish,
avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‗lishini taqozo qiladi,
chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas‘uliyat asosida o‗z
manfaatiga ega bo‗lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‗jalik
subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Dostları ilə paylaş: |