43
tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‗p ukladli iqtisodiyot, ya‘ni aralash iqtisodiyotda
davlat mulkining mavqei katta bo‗ladi.
Davlat sektori ham ko‗p ukladli tuzilmaga kiradi, bunda yakka davlat
mulkchiligi mavjud bo‗lsada, bu mulkning tasarrufi har xil xo‗jalik yuritish sharoitida
ro‗y beradi. Bu o‗rinda davlat mulki erkin raqobat muhitini hosil etsa, boshqa o‗rinda
monopol tuzilmani yuzaga keltiradi.
Buning sababi bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida davlat makroiqtisodiyotning
barqarorligi va uning rivojlanishini ta‘minlashga asos bo‗lib
xizmat qiluvchi
tarmoqlarni rivojlantirishga alohida e‘tibor berilganligidadir.
Shuningdek, u o‗tish davrida aholini ijtimoiy himoyalashi, ayniqsa, kambag‗al
qatlamning yashash minimumi darajasini ta‘minlashi kerak. O‗tish davrida, tabiiyki,
davlat jamiyat va iqtisodiyot muvozanatini saqlab turish uchun bufer vazifasini
bajaradi. SHunga binoan, davlat mulkining mavqei va tutgan o‗rni sezilarli darajada
bo‗lishi zaruriyatdir.
SHu bilan birga, davlatning mulkning siyosiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi roli va
ahamiyati kattadir. Haqiqatan ham davlat mulki xalqqa tegishli bo‗lib, u ajratilmaydi
va undan noyob resurslarni qayta ishlashda foydalaniladi. Davlat mulki unga tegishli
tovar va xizmatlar yaratuvchi korxonalar majmuidan iborat bo‗lib, davlat sektori
jumlasiga kiradi. Davlat mulk egasi sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‗ullanishni rag‗batlantiradi.
12
Uning korxonalari milliy mahsulot yaratuvchi
ko‗rinishida maydonga chiqadi.
O‗zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‗tishida kuchli davlatning
faol
ishtiroki va rahbarligida, ya‘ni davlat sektorini mustahkamlash, so‗ngra boshqa
mulklarga erkinlik berish yo‗li bilan amalga oshirildi. Davlat mulkining
xususiyatlaridan biri davlatning mutloq monopolist bo‗lib, ishlab chiqarish vositalari
va yaratilgan mahsulotlarni yakka o‗zi o‗zlashtirayotganligidadir. Davlat mulkiga
12
Ўзбекистон Республикаси Қонуни. Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида
Ўзбекистони Республикаси. Қонунлари ва фармонлари- Т: O‘zbekiston
44
qarashli korxonalarda yollanib ishlovchi kishilar o‗z mustaqilliklarini yo‗qotadilar.
Chunki ishlab chiqilgan mahsulot davlatning xohishistagiga
qarab taqsimlanadi va
qayta taqsimlanadi.
Mulkka davlat monopolizmining saqlanib qolinishi, iqtisodiy hayotda, ma‘lum
darajada, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining erkin amal qilishi uchun ma‘lum
chegaralarning payda bo‗lishini taqozo etadi.
O‗zbekiston Fuqarolik kodeksida davlat mulki respublika mulki va ma‘muriy
hududiy tuzilmalar mulkidan iborat ekanligi ta‘kidlangan. Davlat mulki tizimiga
mudofaa, davlat boshqaruvi, ijtimoiy tartibni muhofaza qilish, yagona energetika
tizimini ta‘minlash, fundamental fanlarni rivojlantirish, yer, yer osti va usti boyliklari,
foydali
qazilmalar, suv va suv inshootlari, tabiatni muhofaza qilish kabi qator
obyektlar kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyotida shunday sohalar mavjudki,
Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer,
yer osti va usti boyliklari, suv, havo bo‗shlig‗i,
o‗simlik va hayvonot dunyosi, yoqilg‗i energetika kompleksi, neft konlari, gaz
zaxiralari va nihoyat «oltin zaxira»lari, davlat hokimiyati va respublikaning boshqa
tashkilotlari molmulki, davlat ahamiyatiga molik
madaniy va tarixiy boyliklar,
respublikaning byudjet mablag‗lari, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari
respublika mulki hisoblanadi.
Byudjet mablag‗lari yoki davlatning boshqa mablag‗lari hisobidan yaratilgan
yoki sotib olingan korxonalar, boshqa mulkiy komplekslar, o‗quv, ilmiytadqiqot
muassasalari
va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, boshqa molmulklar ham
respublikaning foydalanishida va tasarrufida bo‗lishi mumkin.
YUqorida zikr etilgan mulk obyektlarining yagona davlat mulki tarkibida
bo‗lishi maqsadga muvofiqdir. O‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi,
ikkinchi va uchinchi bosqichi yakunlari
shundan dalolat bermoqdaki, respublikada
davlat mulki ma‘lum davrgacha etakchi o‗rinda bo‗lib qolaveradi.
45
Bunday holat o‗ziga xos bo‗lgan yangi boshqaruv tizimini talab qiladi. Hozirgi
sharoitda davlat mulkiga mansub korxonalarning ikki turi mavjud: birinchisi
davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri, bevosita rahbarligida ishlovchi korxonalar: ikkinchisi
to‗la tijorat hisobida turuvchi korxonalar. Demak, davlat tadbirkorlik sektorida
faoliyat ko‗rsatib, o‗z ulushiga ega bo‗ladi. O‗zbekiston
Respublikasida davlat
mulkini O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti,
O‗zbekiston Respublikasi hukumatining agrar qonun hujjatlarida vakil qilingan
organlar tasarruf etadi.
Dostları ilə paylaş: