42
O‗zbekiston Respublikasi davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
to‗g‗risidagi qonunga binoan davlat mulkining barcha obyektlari ikki guruhga
bo‗linadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtiriladigan obyektlar;
Xususiylashtirish ta‘qiqlangan obyektlar.
Tarmoq mansubligi,
chiqarilayotgan mahsulotning, bajarilayotgan ishlar va
ko‗rsatilayotgan xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatliligi davlat mulkini saqlab
qolishning maqsadga muvofiqligi obyektni u yoki bu guruhga kiritish uchun asos
bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasining alohida mulkiy
obyektlari-er osti boyliklar,
suvlar, havo bo‗shlig‗i, o‗simlik va hayvonot dunyosi, tarixiy va madaniy
yodgorliklar, davlat byudjeti mablag‗lari, respublika sug‗urta jamg‗armalari;
mamlakatimiz
mustahkamligini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojini ta‘minlovchi
korxonalar va mulkiy jamg‗armalar xususiylashtirilmaydi.
Xususiylashtirish jarayonlarida iqtisodiy maqsadga muofiqlik va samaradorlik
qoidalari asosiy o‗rin tutadi, isloh qilish sun‘iy jadallashtirilishi yoki
sustlashtirilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Xususiylashtirishning asosiy yo‗nalishi
davlat
mulki obyektlarini qayta tashkil etishdan iborat. Kichik inshootlar uchun asosan
mulkchilikning xususiy va mas‘uliyati cheklangan jamiyat va ochiq turdagi
hissadorlik
jamiyati usuli, yirik korxonalar uchun ochiq turdagi hissadorlik
jamiyatlari usuli tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: