64
jarayonning funksional bog‗lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat
qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb
qaradi. Bu nazariy yo‗nalishning namoyandalaridan biri shveysariyalik iqtisodchi
Leon Valras bo‗lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab
chiqishga harakat qildi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va
rag‗batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qiymat qonunining mavjudligini e‘tirof
etadilar.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati
asosida amalga oshishini, qiymatning o‗zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari
orqali o‗lchanishini ifodalaydi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy
zarur mehnat sarfidan ozroq
bo‗lgan ishlab chiqaruvchilarni rag‗batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning
mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib
chiqarilishlari yoki xonavayron bo‗lishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy
sarflarni kamaytirishni rag‗batlantiradi va mehnatning
ishlab chiqarish sohalari
bo‗yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‗z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan
kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb
bo‗lmaydi. CHunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab
chiqarish usullarini o‗z vaqtida qo‗llab turmasalar, ma‘lum vaqtdan so‗ng o‗z
ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida
bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
65
Talab = taklif bo‗lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo‗lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‗lgan holda narx < qiymat.
SHunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan
farq qilishi tovar ishlab
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‗lmay, balki obyektiv qiymat qonunining
kuchi ta‘siri ostida bo‗ladi.
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‗rtta tarkibiy
qismdan iborat bo‗ladi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‗zgarib turadi, shuning uchun narx,
ishlab chiqaruvchi uchun
ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishi zarurligini aniqlashda yo‗l ko‗rsatkich bo‗lib
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‗zgarishlar, o‗z
navbatida, narxlardagi o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‗lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‗zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Dostları ilə paylaş: