Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 80,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü80,15 Kb.
#157341
1   2   3   4   5   6   7
12-Mavzu. Agrosanoat majmui infratuzilma sohalarini boshqarish

Ijtimoiy infratuzilma 
Ta`lim-fan 
муассасалари 
Qishloq infratuzilmalari va ular tarkibi 
Ishlab chiqarish 
infratuzilmasi
Tayyorlov tashkilloti
Bozor infratuzilmasi
Bank-moliya muassasalari
Birja va brokerlik
Institutsional infratuzilma
Fermer xo`jaliklarini tartibga 
solib turuvchi davlat 


12.1.– rasm. Qishloq infratuzilmasi va uning tarkibi 
2. Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat 
koʻrsatmasa-da, xoʻjalikning umumiy faoliyatini ta’minlashga xizmat koʻrsatadi. 
Masalan, marketing va reklama, axborot-maslahat, auditorlik, invyestitsion va shu 
kabi boshqa xizmat turlari xoʻjalik faoliyatining turli tomonlari samaradorligini 
oshirishga xizmat koʻrsatadi. 
Bozor infratuzilmasi huquqiy va jismoniy shaxs maqomidagi barcha sotuvchi 
(ishlab chiqaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) va xaridor (iste’molchi)lar oʻrtasida sodir 
boʻladigan koʻp qirrali bozor munosabatlarining bevosita ishtirok etuvchi, 
boshqaruvchi, nazorat qiluvchi, tyekshiruvchi, maqsadli yoʻnaltiruvchi va ishlab 
chiqarishdan toki iste’mol qilishgacha boʻlgan jarayonlarning bir tyekis va 
toʻxtovsiz kyechishi uchun shart-sharoit, imkoniyatlar yaratish maqsadida xizmat 
koʻrsatuvchi jabha va muassasalarni oʻz ichiga oluvchi butun bir yaxlit majmuadir.
Bozor infratuzilmasining rivojlanishi koʻp jihatdan milliy iqtisodiyotning 
samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi. Oʻz mohiyatiga koʻra, bozor 
infratuzilmasi bozor ishtirokchilarining turli iqtisodiy manfaatlarini samarali amalga 
oshirish muhiti hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining maqsadi tovar (turli xizmatlar 
koʻrsatuvchilar) ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar oʻrtasidagi munosabatlarga 
qulay shart-sharoitlar yaratish orqali yagona iqtisodiy tizim boʻlgan milliy 
iqtisodiyot faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat. 
Hududlarda bozor infratuzilmasi muassasalarini tashkil etish, faoliyat 
koʻrsatishi va rivojlanishi uchun respublikada toʻliq huquqiy asoslar yaratilgan. Ular 
negizini Oʻzbyekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 


kafolatlari toʻgʻrisida"gi, "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida"gi, "Lizing 
toʻgʻrisida"gi, "Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida"gi, "Sugʻurta toʻgʻrisida"gi, 
"Ryeklama toʻgʻrisida"gi, "Kredit ittifoqlari toʻgʻrisida”gi va shu kabi boshqa 
qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Ushbu qonunlarning 
har biri joylarda, korxona va tashkilotlarga bank-moliya, birja, auditorlik, sugʻurta, 
axborot, reklama, axborot-maslahat va shu kabi xizmatlar koʻrsatuvchi 
muassasalarini tuzish va faoliyatini yuritishning toʻliq kafolatlarini belgilab beradi. 
3. Ijtimoiy infratuzilma tarkibi agrar sohada ishchi kuchini takror ishlab 
chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar: maorif va madaniy muassasalar, 
sport, turar-joy va kommunal xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va himoya qilish 
muassasalari, 
bogʻchagacha, 
maktabgacha boʻlgan bolalar 
muassasalari, 
umumovqatlanish korxonalari, savdo, aholiga xizmat koʻrsatuvchi transport, 
mehnatni muhofaza qilish xizmatlari, texnika xavfsizligi, oʻquv-ishlab chiqarish 
kombinatlari, sogʻlomlashtirish muassasalari kiradi. Ijtimoiy infratuzilma – 
insonning har tomonlama kamol topishi va unga erishish sohasida koʻrsatiladigan 
xizmatlar yigʻindisidir. Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va 
xizmatchilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish 
uchun, shuningdek qishloq aholisining turli maishiy xizmat turlariga boʻlgan talabini 
qondirish uchun xizmat qiladi. 
4.Institutsional 
infratuzilma 
iqtisodiyot 
rivojlanishining 
optimal 
makroiqtisodiy nisbatlarini qoʻllab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi sohalar 
faoliyat turlarini oʻz ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi davlat 
va nodavlat boshqaruv organlari, moliya-kredit muassasalari va boshqalar kiradi. 

Yüklə 80,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə