Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 80,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü80,15 Kb.
#157341
1   2   3   4   5   6   7
12-Mavzu. Agrosanoat majmui infratuzilma sohalarini boshqarish

2. Ijtimoiy infratuzilma tarkibi. 
Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning 
samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan jamiyat 
ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh 
vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash 
hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot yaratishda 
katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini normal rivojlantirish uchun sharoit 
bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab 
chiqarishning malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, 
ularni takror ishlab chiqarish va qishloq joylarga berkitib quyishga yordam beradi, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Boʻlinmalari ham korxona 
xodimlarining, ham ularning oila a’zolarining kommunal-maishiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun sharoit yaratishda qatnashadi. 
Ijtimoiy infratuzilmasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining oʻziga xos 
xususiyatlarini aks ettiradigan xususiyatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, 
ham qishloq xoʻjalik korxonalari resurslari va aholining pul mablagʻlari hisobiga, 
ham uy-joy, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, madaniyat uylari, 
poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalarni qurishga davlat investitsiyasidan 
samarali foydalanish yoʻli bilan yaratiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy boʻlinmalari 
nafaqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarga, balki korxona 
hududida yashovchi aholining boshqa qatlamlariga ham xizmat koʻrsatadi. 
Qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma xoʻjalik hududi boʻyicha boʻlib-boʻlib 


joylashtirilgan, bu esa ulardan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Qishloq 
xoʻjaligida ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri ijtimoiy infratuzilma xizmati 
va boʻlinmalari shunda ham oʻz izini qoldiradi. Uning yaratilishi va rasional harakat 
qilish, shu ob’yektlar joylashgan qishloq xoʻjalik korxonalari iqtisodiyotining 
rivojlantirish darajasiga bogʻliq. Ijtimoiy infratuzilma boʻlinmalarining vujudga 
kelishiga xoʻjaliklar zarur boʻlgan moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar. 
Qishloq xoʻjaligida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga uy-joy kommunal 
xoʻjaligi boʻlinmalari tibbiyot va maktabgacha bolalar muasasalari, umumiy 
ovqatlanish tashkilotlari, oʻquv ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat muhofazasi 
boʻyicha xizmatlar, sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlari, ishchi va xizmatchilarga 
xizmat qiluvchi transport, aloqa va axborot xizmatlari kiradi. Barcha xizmatlarini 
maqsadli yoʻnaltirilganligiga, shakllanish manbalariga, hududiy joylashishiga va 
ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi boʻyicha ikki guruhga boʻlish mumkin. 
Birinchi guruhga xoʻjalik boʻlinmalariga joylashgan, korxona mablagʻlari 
hisobiga koʻrilgan va ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning dam olish va texnika 
xavfsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ob’yektlar tegishli. Bu 
guruhga brigadalar va chorvachilik fermalaridagi maishiy xonalar, boʻlinmalar 
umumiy ovqatlanish (bufetlar, tamaddixonalar, oshxonalar) punktlari, sogʻliqni 
saqlash, madaniyat va dam olish (profilaktoriyalar, tibbiyot punktlari, ma’naviyat 
burchaklari), yongʻinga qarshi xavfsizlik punktlari kiradi. Ular chorvachilik 
komplekslarida, fermalarda, ustaxonalarda, brigadalarda va dala shiyponlarida 
joylashgan. 
Ikkinchi guruhni davlat resurslari va agrosanoat birlashmalari va yirik 
korxonalarning maxsus vositalari hisobiga barpo etilgan va aholining kommunal-
maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan, qishloq xoʻjalik korxonalari 
aholi punktlari hududida joylashgan ob’yektlar tashkil qiladi. Boʻlarga uy-joy 
kommunal xoʻjaligi ob’yektlari, maishiy xizmat korxonalari, sogʻliqni saqlash 
(poliklinikalar, kasalxonalar, amboʻlatoriyalar), sport muassalari, maktablar va 
maktabgacha muassasalar, madaniyat uylari va klublar, savdo tashkilotlari 
tegishlidir. Ijtimoiy infratuzilmaning bu ob’yektlari ijtimoiy kelib chiqishdan va 
mehnatning kaysi sohaga yoʻnaltirilganligidan qat’iy nazar qishloq joylarda 
yashovchi barcha aholiga xizmat qilishga qaratilgan.
Quyida ijtimoiy infratuzilmaning chizmasini keltiramiz: 

Yüklə 80,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə