Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining maqsadi



Yüklə 80,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix23.12.2023
ölçüsü80,15 Kb.
#157341
1   2   3   4   5   6   7
12-Mavzu. Agrosanoat majmui infratuzilma sohalarini boshqarish

3.Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining maqsadi, 
tarkibi, ularni boshqarish xususiyatlari.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini 
ta’minlovchi va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam 
beruvchi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga 
bevosita qishlok xoʻjaligiga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi: 
1.Ishlab chiqarishga moʻljallangan transport; 
2.Ta’mirlash ustaxonalari; 
3.Ombor va sovuqxonalar; 
4.Kommunikasiya, pochta va telegraf aloqasi tizimi
5.Elektr uzatish liniyalari; 
6.Texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari; 
7.Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari; 
8.Hisoblash markazlari; 
9.Tayyorlash, savdo korxonalari; 
10.Moddiy texnika ta’minoti; 
11.Meliorasiya va irrigatsiya inshootlari. 
Bundan tashqari unga yana mahsus xizmat koʻrsatuvchi xizmat va boʻlimlar 
ham kiradi: 
1.Oʻsimliklarni himoya qilish; 
2.Agrotexnika; 
3.Veterinariya; 
4.Sun’iy qochirish; 
5.Texnika ta’mirlash; 
6.Huquqiy
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga koʻp omillar ta’sir qiladi. 
Boʻlar ichida muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relyefi, yer hududining 
konfigurasiyasi bilan ta’minlanganligi, yopiq joylar va yoʻllar, korxonalarning
ishlab chiqarish ob’yektlarining joylashishi qoʻllaniladigan texnologiyalar, ishlab 
chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash darajasi. Bu omillar koʻp jihatdan 
butun 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasining 
tarkibiga 
va 
ichki 
xoʻjalik 
boʻlinmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining oʻziga 
xos xususiyatlariga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari 
ob’yektlari bilan ta’minlanishi uzoq yillardan beri ancha past yoki oʻzgarmasdan 
qolmokda.
Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yoʻnalishi boʻlgan, qishloq 
xoʻjaligini qishloq xoʻjalik texnikalarini ta’mirlash boʻyicha optimal quvvatni 
tashkil etish va unga xizmat koʻrsatish, avtogarajlar, texnikalarni saqlash hayvonlar 
va maydonchalar koʻrish, neft omborlari va yoqilgʻi moylash materiallari uchun 
saqlash joylari koʻrish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydi. 
Qishloq xoʻjaligida hozir ham ishlab chiqarish ob’yektlarini elektrlashtirish 
uchun va elektr uzatish liniyalarini koʻrish uchun yetarlicha mablagʻ ajratilmayapti. 
Bu dehqonchilik va chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks 


mexanizasiyani qoʻllashni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli 
foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va yoʻqotishlarni qisqartirishda, 
mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini pasaytirishda 
namoyon boʻladi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiy samaradorligining asosiy koʻrsatkichi 
boʻlib, infratuzilma boʻlinmalari, xizmatlari va ob’yektlarini qurishga sarflangan 
harajatlarning qoplanishi hisoblanadi.
Hisob-kitoblarning koʻrsatishiga, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish 
infratuzilmalari qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi. 

Yüklə 80,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə