Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 80,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü80,15 Kb.
#157341
1   2   3   4   5   6   7
12-Mavzu. Agrosanoat majmui infratuzilma sohalarini boshqarish

Darsning maqsadi: 
ASMda infratuzilmani tashkil qilish va samarali 
boshqarish yoʻllarini oʻranish. 
Savol bayoni: 
1. Agrosanoat majmui infratuzilmasining mohiyati, ahamiyati va asosiy 
elementlari. 
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash va 
sotish jarayonida turli toifadagi korxona va tashkilotlar ishtirok etadi. Ushbu korxona 
va tashkilotlarni yagona bozorga birlashtiruvchi, ularning oʻzaro munosabatlarini 
amalga oshirishga koʻmaklashuvchi tashkilotlar infratuzilma muassasalari hisoblanadi. 
Ularning bir qismi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun texnika, oʻgʻit

yonilgʻi, pul 
mablagʻi va shu kabi resurslar yetkazib bersa, boshqalari esa qishloq xoʻjaligi 
mahsulotini qayta ishlash maqsadida sotib oladi yoki sotishga koʻmaklashadi va 
ijtimoiy xizmat koʻrsatadi. 
Infratuzilma — (lot. infra — ostida, struktura — tuzilishi, oʻzaro joylashuvi;.ingl. 
infrastructure) — takror ishlab chiqarish (yoʻllar, aloqa transport, ta’lim, sogʻliqni 
saqlash sohalari va boshqalar) sharoitlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish majmuidir. Boshqacha qilib aytganda, infratuzilma ishlab chiqarishning 
normal ishlashi va tovarning normal aylanishi hamda odamlarning normal hayotiy 
faoliyatini yuritish uchun sharoitni yaratib berishga qaratilgan sohalar hamda ushbu 
sohalarga kiruvchi korxonalarning va tashkilotlarining majmuasi. 
Infratuzilma muassasalari xizmatlarining yetarli boʻlishi va uning sifati 
korxonani bozor munosabatlari sharoitida samarali ishlashini ta’minlashning 
zaruriy shartlaridan hisoblanadi. 
Har qanday hududda mavjud infratuzilma muassasalari ularning xizmat 
koʻrsatish sohalari nuqtai nazaridan uch guruhga boʻlinadi. Birinchi guruh — bu 
ishlab chiqarish infratizilmasi muassasalaridir. Bu korxonalar ishlab chiqarishni 
amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi muassasalar boʻlib, ular oʻz 
xizmatlari uchun ma’lum miqdorda pul mablagʻlari olishadi. Ikkinchi guruhga 


hududdagi ijtimoiy soha muassasalari kiradi. Ular ishchi va mutaxassislar tayyorlash, 
maorif, ta’lim, aholi sogʻligʻini
saqlash va shu kabi xizmatlar koʻrsatish bilan 
shugʻullanadilar. Ushbu muassasalarni pul mablagʻlari bilan ta’minlash davlat yoki 
mahalliy byudjet hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Uchinchi 
guruh infratuzilma muassasalari bozorda mahsulot, pul va ishchi kuchlari harakatini 
ta’minlovchi korxona va tashkilotlarni oʻz ichiga oladi. Ular jumlasiga hududdagi 
tijorat banklari, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi turli jamgʻarmalar, investitsiya 
fondlari, tovar-xom-ashyo, koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar birjalari, brokerlik 
idoralari, auditorlik, axborot-maslahat hamda reklama tashkilotlari va boshqalar kiradi. 
Ular oʻz faoliyatini toʻliq xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan 
amalga oshiradi.
Hozirgi adabiyotlarda asosan infratuzilmaning toʻrtta turiga ta’rif berib 
kelmoqdalar, (14.1 - rasm). 
1.Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat 
koʻrsatuvchi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.
Uning tarkibiga: 
- moddiy-texnika ta’minoti; 
- mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash; 
- texnik xizmat koʻrsatish; 
- suv va elektr ta’minoti kabi boʻlinmalar kiradi. 
Bu turdagi xizmatlarni ishlab chiqarish infratuzilmasiga kiritishdan asosiy 
maqsad – bu xizmatlar ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir etadi. 
Ishlab chiqarish infratizilmasi oʻziga xos bir qator belgilarga ega: 

bu turdagi xizmatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarmaydi, lekin ishlab 
chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir etadi; 

koʻrsatilgan xizmatlar samaradorligi faqat xizmat qilayotgan tarmoq, 
korxona, xizmat koʻrsatish punktlari ta’sirida amalga oshadi

infratuzilma tarmoqlarining rivojlanish darajasi asosiy ishlab chiqarish 
jarayonining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. 

infratuzilma tarmoqlari, boʻgʻinlarini ishga safarbar qilish, talablarning 
tezligi bevosita tovar ishlab chiqarish jarayonida paydo boʻladigan talab darajasi 
bilan belgilanadi. 

Yüklə 80,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə