Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#107355
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
buxgalteriya-hisobining-predmeti-va-usullari

Buxgalteriya hisobi
- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning 
maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan 
kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. 
Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi 
moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va 
tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy 
hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va 
sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy 
natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda 
korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab 
aniqlanadi. 
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha 
o’lchovlar - natura, mehnat va pul o’lchovlari qo’llaniladi. Lekin unda pul 
o’lchovga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul 
o’lchovda buxgalteriya hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat 
o’lchovlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchovida ifodalanadi. 
Pul o’lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag’lari hajmi, 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko’zda tutilmagan xarajatlar, 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal 
foyda va shu kabilar. 
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda 
barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik 
jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir. 
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. 
Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab 
hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona 
manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning 
mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati 
ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan 
ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. 
Buxgalteriya hisobida yig’ma yakunlangan ko’rsatkichlarni olish uchun 


yig’ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu 
usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan 
korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo’jalik faoliyatini uzluksiz va 
o’zaro bog’langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi. 
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va 
muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi 
bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun 
audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko’rsatkichlari 
umumlashtirilgan ko’rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda 
ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko’rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda 
ko’pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika 
yordamida olinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o’zaro 
bog’liq bo’lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun 
o’lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini 
o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ipshatiladigan 
axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan 
iborat bo’ladi. 
Хo’jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi 
korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o’ynaydi. 
Hisobning o’zaro chambarchas bog’langan uchta turi xalq xo’jalik hisobining 
yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to’g’ri tuzilishi va doimiy 
rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular 
alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi. 
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan 
keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo’jaligi 
miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida 
foydalanadi. O’z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko’p hollarda statistika 
ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda 
statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. 
Хo’jalik hisobi uch turining o’zaro bog’liqligi yagona dastlabki 
hujjatlashtirishdan 
foydalanish 
bilan 
ta’minlanadi. 
Yagona 
dastlabki 
hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish 
uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish 
tushuniladi. Bunday amal hisob ko’rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bar-taraf 
qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. 
Хo’jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib 
boradi. Dastlabki ma’lumotlarni yig’ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib 
bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va 
bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab 
chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi 
mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko’r-ko’rona yondoshayotganlari 


yo’q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o’rganish, ularni chuqur va har 
tomonlama tahlil qilish O’zbekiston Respublikasida xo’jalik hisobini 
takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə