Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#107355
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
buxgalteriya-hisobining-predmeti-va-usullari

3. Хo’jalik jarayonlari 
Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z 
faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish 
uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va 
undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir 
-birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz 
aylanishini hosil qiladi. 
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish 
jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan 
buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi 
bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan 
mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan 
yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan 
iborat bo’ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, 
unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish 
xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona 
o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida 
yig’ma ko’rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat 
sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchovlarda ham 
ko’rsatiladi. Bu o’lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan 
xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat 
vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining 
boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi. 
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor 
mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan 
mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi 
davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni 
vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona 
va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. 
Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish 
tugagandan so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag’lari 
boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona 
ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlari. 
Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan 
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning 
yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi. 


Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya 
hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, 
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan 
xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun 
mo’ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda 
sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar 
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko’p bo’ladi. 
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish 
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda 
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan, korxona 
tomonidan olingan summasi, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, foyda solig’i 
aniqlanadi va qayd qilinadi. 
Sotish jarayoni tugagandan so’ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak 
bo’lgan summalarni o’tkazish imkoniga ega bo’ladi. 
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri 
uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini 
yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va 
xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh 
kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, 
bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar 
bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari 
buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari 
aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi. 
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun 
qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir 
bo’ladi. 
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’laridan 
foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash 
va boshqa shu kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati va ulardan 
foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag’larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab 
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. 
Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket 
uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin. 
Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish, ularni har bir 
bosqichini; bo’lgan muddatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga 
keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning 
uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab 
chiqarish va tovar mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu 
mablag’larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to’g’ri kelishi va har bir 
boskichda normal ishni ta’minlashi kerak. 
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo’jalik 
operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish 
hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot 


tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi 
hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun 
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda 
amalga oshiradi. 
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati, 
ularning shakllari o’zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda 
korxona pul mablag’lari o’rniga o’zlariga kerak bo’lgan mehnat buyumlarini oladi 
va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, 
tayyor mahsulot olinadi. 
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik operatsiyalari ishlab chiqarish 
faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag’larining harakatidan iborat ekan. 
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti 
haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini 
baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy 
mazmunini tashkil qiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə