Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix19.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#111535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
1.2. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va 
uning ta’siri. 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimining qanday sharoitlarda 
vujudga kelganligi ham esdan chiqmasligi kerak bozor toifasidagi iqtisodiyotda 
soliqlar va soliq tizimi bozorning eng asosiy instrumenti hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida davlat boshqaruvining barcha darajalarida olinadigan 
soliqlar byudjet jam daromadlarining 90-95 foizni shakllantiradi. Ana shu 
munosabat bilan soliq tizimini shakillantirish, soliqlarni to’plash va ulardan 
foydalanish mexanizmini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Amaldagi yangi soliq tizimi tuzilishi tamoyillari va tarkibiy qisimlarga ko’ra 
butun jahon amaliyotida keng tarqalgan soliq tizimini aks ettirgan. Yangidan joriy 
etilgan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bekor qilingan oborot solig’i va 
sotuvdan olinadigan soliq singari egri (bilvosita) soliqlar hisoblanib, ular 
o’zlarining mohiyatiga ko’ra iste’molga solinadigan soliqlardir. Chunki bu soliqlar 
bilan iste’molchilar tomon yuz tutgan mahsulotlar va xizmatlar soliqqa tortiladi. 


20 
Oxirgi iste’molchi bu erda faqat shaxs sifatida maydonga chiqmasdan, balki bu 
soliqlarni to’lovchilari bo’lib noishlab chiqarish sohasidagi iste’molchilar ham 
hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bozor iqtisodiyotiga ega 
bo’lgan juda ko’p mamlakatlarda o’zlarini faqatgina byudjetning samarali fiskal 
instrumentlari sifatida namoyon etib qolmasdan, balki barcha tadbirkorlar uchun 
xo’jalik yuritishda teng sharoitlar yaratib beradigan vosita sifatida ham yaqqol 
ko’rinadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun rivojlangan soliq tizimi harakterlidir. 
Masalan, Germaniyada 50dan ortiq turli soliqlar mavjuddir. Amalda nima 
sotilayotgan bo’lsa, o’shandan ma’lum foizi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Xorijdagi 
soliqlarni rang-barangligi davlat organlariga har bir soliq to’lovchi (yuridik va 
jismoniy shaxs) ustidan va ishlab chiqarish, muomala, taqsimlash va iste’mol 
ustidan nazorat qilish imkonini beradi. So’ngi yillarda soliq tizimlarida sodir 
bo’lgan o’zgarishlar quydagilardan iboratdir: 
1.Juda ko’p mamlakatlarda daromad solig’i eng muhim soliq hisoblanib, u 
keng aholi qatlami orasida ommaviy soliqqa aylangandir. Ko’pgina mamlakatlarda 
amal qilib kelgan shedulyar soliq undirish qulay va tejamli bo’lgan global soliq 
bilan almashtirildi.
2.O’z ahamiyatiga ko’ra ijtimoiy sug’urtaga badallar davlatning ikiinchi 
muhim soliq daromadi hisoblanadi. Bu maqsadli soliq bo’lib, ishchi kuchini takror 
ishlab chiqarishga mo’ljallangandir. Ijtimoiy sug’urta badallari jismoniy 
shaxslardan soliq chegirmalari inobatga olinmagan holda ularning daromadlaridan 
proprotsional stavkalarda olinsa, yuridik shaxslardan esa ish haqi fondiga nisbatan 
foizda olinadi. Bir vaqtning o’zida stavka qo’llaniladigan maksimal badal yoki 
maksimal daromad ham belgilanadi. Ko’pgina mamlakatlarda ijtimoiy sug’urta 
badallarining tushib turish sur’atlari boshqa soliqlarga tegishli bo’lgan shu 
ko’rsatkichlardan yuqoriroqdir. 
3.Yuridik 
shaxslardan 
olinadigan 
muhim 
soliq 
sifatida 
hamon 
korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq qolayotir. Bu soliq foydadan 
imtiyozlar chegirilgandan so’ng joriy yildagi soliqqa tortiladigan foydadan olinadi. 
Soliqning stavkasi proportsional bo’lib, oxirgi yillarda tadbirkorlik faoliyatining 


21 
manfaatlarini hisobga olgan holda birmuncha pasaytirildi. Umumiy ko’rinishda 
yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish daromadlarni soliqqa tortishga nisbatan 
ancha pastdir. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning qonunchiligi 
investitsiyalarni soliqqa tortishda qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutgan. Bu 
mamlakatlarda investitsion soliq kreditiga amal qilinib, tezlashtirilgan 
amartizatsiya qo’llanib, bu narsa xususiy kapital qo’yilmalarining o’sishini 
ta’minlamoqda. 
4.Undirilishining engilligi va oddiyligi uchun xorijiy mamlakatlarga egri ( 
bilvosita) soliqlar keng tarqalgandir. 
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati buyicha guruhlanadi. Soliqlarni bu 
tartibda guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’rganishning ilmiy va 
amaliy uslubdir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab 3 guruhga bo’linadi.
8
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. 
2. Daromaddan olinadigan soliqlar. 
3. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. 
Oborotdan olinadigan soliqlarga QQS, aktsiz solig’i, bojxona va davlat 
bojlaridan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning 
qonunchiligimiz buyicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotdan emas, balki 
mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan 
olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. 
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga 
solinadigan soliq savdo tashkilotlarning daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh 
soliqlariga sotsial infrastrukturani rivojlantirish solig’i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlarga: mol mulk solig’i, er solig’i, 
konlardan foydalanish solig’i va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. 
To’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni 
soliqning huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. 
8
 
http://www.soliq.uz
 


22 
Soliq yukini boshqalarga ortish holati bu erda bo’lmaydi. Soliqlarga hamma 
daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi. To’g’ri soliqlarda 
to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasini 
kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya 
faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu 
soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy 
rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to’g’ridan-to’g’ri 
bozor iqtisodiyoti bilan bog’liqdir. Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari 
mahsulot yuklab yuboruvchilardir. Lekin soliq og’irligining haqikatan ham 
byujetga to’lovchilari tovarni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq 
to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga ustama ravishda 
qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan 
tovarlarning chekkaga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p 
ishlab chiqarilishga yordam beradi. Egri soliqlar oqali tovarlar qiymati oshirilmasa, 
bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Soliqlar stavkasini oshirilishi korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakuniga ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatni 
qisqartirmaydi. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul 
massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnatkashlar 
real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish 
hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, 
tovarlar mo’l-ko’lligini ta’minlashi kerak. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizmini tashkil 
etib bir biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda 
birini stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi. 
Soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Soliqlarni 
umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi xukumat idoralarning respublika 
xukumati va mahalliy xukumatlarga bo’linishi asosidan kelib chiqadi. Har bir 
hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z 
byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Umumdavlat 
soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan 


23 
soliqlardan mahalliy byudjetlarini boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi 
mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o’z manbalari ko’payib qolsa, 
respublika soliqlaridan ajratma berishni xojati qolmaydi. Respublika va mahalliy 
soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan 
to’lovlardir. Mahalliy soliqlar maxaliy xukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab 
belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy xukumatlar asosan 
mehnatkashlarga yaqin bo’lganligidan ular ijtimoiy masalalarini maktab, sog’liqni 
saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni 
bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularni byudjet harajatlarini 30-40 foizini 
qoplaydi, holos. Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromadlari salmog’ini 50-
60 foizga etkazish kabi xukumat qarorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar 
daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan birdir. Faqat o’z darodam 
manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy xukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga 
oshirishlari mumkin. Aks holda turli moliyaviy kamchiliklarga yo’l qo’yish 
ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu 
hududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. 
Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning 
daromad va harajatlarini barqarorlashtirish ancha murakkabdir. Bu masalani 
echishda ilgari ko’rsatganimizdek, xududdan tushadigan soliqlardan ajratmalar 
beriladi. Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga ular byudjetini 
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subventsiya 
beriladi. Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy xukumatlarning 
respublika xukumatiga murojat etish lozimligini bildirib, ularni o’z mahalliyidagi 
soliqlar to’liq undiriishi qiziqtirmaydi, ulardagi boqibeg’amlik fazilatini 
kuchaytiradi. Mahalliy xukumatlar o’z xoxishlaricha soliq va yig’imlar kiritish 
huquqiga ega emas. Soliq Kodeksida ko’rsatilgan soliqlarni o’z xududlarida 
qo’llash yoki qo’llamaslik huquqi bor. Undan tashqari, mahalliy soliqlar va 
yig’imlardan byudjetga tushgan summa atrofida soliq to’lovchilarga imtiyozlar 
huquqiga ega. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning byudjetga to’liq tushishini tashkil 
qilish ularning zimmasidagi vazifa hisoblanadi.


24 
O’zbekiston soliq tizimi manbaiga qarab soliq huquqiy shaxslardan va 
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi. Huquqiy shaxslardan 
olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxonalar daromadiga soliq, konlardan 
foydalanganlik, suv resurslaridan foydalanganlik, savdo tashkilotlarning yalpi 
tushum solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i, kichik biznes uchun yagona soliq va 
boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni ham huquqiy shaxslar, ham jismoniy shaxslar 
to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromad solig’i, er, mol-mulk, 
soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti 
daromadlarning xal qiluvchi qismini (85-86 foizini) tashkil etadi. Bu soliqlarning 
muhim xususiyati naqd pulsiz korxonalar hisob schyotlaridan byudjet schyotlariga 
ko’chirib qo’yiladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulda 
undirilganligi uchun uni to’lash qiyin kechadi. Soliqlar yig’ish harajati ko’payib 
ketadi, chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo’lgan soliq inspektorlari 
shug’ullanadi, xujjatlar ko’p yoziladi. Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi 
fuqarolar daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari 
daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratildi. 
Umumiy jihatdan olib qaraganda mamlakatimiz soliq tizimini isloh 
qilishning bir necha soliq siyosati strategiyasi yo’llari mavjud, ular quyidagicha 
bo’lish mumkin. 

muvaffaqiyatli ravishda faoliyat ko’rsatayotgan va O’zbekiston sharoitiga yaqin 
bo’lgan g’arb mamlakatlaridan birining soliq tizimidan nusxa olish;

o’tish davri iqtisodiyotiga moslashtirilgan soliq tizimilarining biridan 
foydalanish; 

iqtisodiy taraqqiyot yo’lidan muvafaqqiyatli ravishda ilgari borayotgan o’tish 
iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlar va rivojlangan xorijiy mamlakatlar 
tajribasiga tayangan holda butunlay yangi soliq ishlab chiqarish. Chunki, 
O’zbekistonda hozirgi payitda amal qilib kelayotgan soliq tizimini tezda va 
tubdan o’zgartirishga qaratilgan har qanaday tadbir, mamlakat iqtisodiyotiga 
tuzatib bo’lmaydigan zarar etkazish mumkinligi, shubhasizdir.


25 
Soliq sohasidagi islohotlarning strategik yo’nalishlarini Prezident – 
O’zbekiston Respublikasida davlat va ijroiya xokimiyatining boshlig’i belgilaydi 
hamda uning farmonlari bilan tasdiqlanadi. Farmonlarda qabul qilinayotgan 
qarorlarning maqsadli yo’nalishi, ularni ro’yobga chiqarish usullari belgilanadi. 
Prezidentimiz I.A,Karimov soliq tizimining quydagi vazifalarini ta’kidlab o’tgan.
«Avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani-fiskal, qayta taqsimlash va rag’batlantirish 
vazifasini to’la darajada bajarishi kerak»
.
Bu erda soliq tizimining oldiga xos uch 
vazifaning qo’yilishi kerakligi ko’rsatilgan lekin bundan soliq tizimi faqat shu uch 
vazifani bajarishi kerak degan xulosa kelib chiqmasligi lozim, chunki soliq tizimi 
yuqoridagilaridan tashqari yana bir necha vazifalarni ham bajaradi masalan nazorat 
qilish, taqiqlash va boshqalar.
«Soliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga
moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-
mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir.» Oldingi 
fikrda soliq tizimining oldiga qo’yilgan o’ziga xos uch vazifaning uchinchisi 
rag’batlantirish deb ko’rsatilgan bo’lsa, bu erda ana shu rag’batlantirish bilan 
bog’liq bo’lgan vazifaga ancha aniq kiritilgan. Soliq tizimining oldiga qo’yilgan 
rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim vazifalarni uch guruhga bo’lish 
mumkin. 

ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish; 

moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali 
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish


to’plangan mol mulkdan samarali foydalanishga rag’batlanti ruvchi ta’sir 
ko’rsatish.
Birinchi punktda ishlab chiqarishni rag’batlantirish to’g’risida gap 
ketayotgani yo’q, balki aynan ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi 
ta’sir ko’rsatish to’g’risida gap ketmoqda. Ana shu erdagi «rivojlantirish» so’ziga 
alohida urg’u berib qaralgan taqdirdagina fikrning asl mohiyatini to’g’ri idrok etish 
mumkin. 


26 
Amaldagi 
soliq 
tizimi 
barcha 
resurslardan 
samarali 
foydalanishga 
rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishi lozim. Bu erda resurslarning qanday shaklda 
bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. Bozor iqtisodiyoti barcha resurslardan 
har doim samarali foydalanishni taqozo etadi. Bu fikrdagi «samarali» so’ziga 
alohida e’tibor berilishi uning tub mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
Soliq tizimining oldiga qo’yilgan rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan eng 
muhim 
vazifalarning 
navbatdagisi 
to’plangan mol-mulkddan samarali 
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir. Bu erda ham to’plangan mol-
mulkning tegishli ekanligi printspial ahamiyatga ega emas. Soliq tizimi orqali, 
aksincha to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir 
ko’rsatishga harakat qilaveradi. Davlatning bu sohadagi xatti-harakatini tabiiy 
ravishda qabul qilmoq lozim. 
Soliq tizimini o’zgartirishda asos qilib olingan bosh tamoyil-korxonalar 
zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Iqtisodchi-olimlar va amaliyotchi 
mutaxassislar, moliyachilar, soliq xizmati xodimlari va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning rahbarlari orasida juda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan 
masalalardan biri «soliq yuki» yoki «soliq og’irligi» masalasidir. Bu muammoga 
nisbatan bildirilgan fikrlarni bir necha guruhlarga bo’lish va unga munosabatni eng 
umumiy tarzda qisqacha qilib quydagi ko’rinishlarda ifoda etish mumkin: 

soliq yuki haddan ziyod og’ir; 

soliq yuki shu kecha-kunduzning talablari darajasida belgilangan; 

ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslaganda soliq yuki og’ir emas; 
Bu erda hozirgi paytda korxonalar zimmasidagi soliq yukining ancha og’ir 
ekanligi tan olinayapti. Shuning uchun ham soliq yukini kamaytirish emas, balki 
keskin kamaytirish zarurligini ta’kidlanayapti. Shu o’rinda yana bir narsani alohida 
qayd etib o’tmoq lozim. Gap shundaki, davlatimiz rahbari tomonidan korxonalar 
zimmasidagi soliq yukiga nisbatan bu tarzdagi fikrini xaspo’shlamasdan ochiq-
oydin aytilishi quyi doiralarda «soliq yukiga nisbatan aniq vaziyatni 
«yuqoridagilar» bilishmaydi», tarzida aytiladigan fikrlarning asossiz ekanligini 
ko’rsatib beradi. 


27 
Respublikamizda soliq tizimini huquqiy taritibga solishda taraflarning huquq 
va burchlari bobida bir tomondan soliq to’lovchi va ikkinchi tomondan soliq 
idoralari o’zaro munosabatlari tizimiga alohida e’tibor berilgan. Zero soliq 
munosabatlarining u yoki bu ishtirokchilarining huquq va burchlarining e’lon 
qilish hamda yozib qo’yishning o’zi etarli emas, balki barcha huquqlar 
kafolatlanishi, burchlarni bajarish esa huquqqa zid xatti-harakatlarning oldini olish 
bilan ta’minlanishi ham zarurdir. 
Soliq munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z burchlariga nimalar 
kirishini va u yoki bu harakatlarni qilganda qanday huquqlarga ega bo’lishini, 
muayyan holatlarda kiritiladigan va ishlay boshlaydigan vositalar hamda rusum-
qoidalar qandayligini bilish soliq to’lovchi o’z burchini bajarmagan yoki nohalol 
bajarganda soliq idoralari u yoki bu sanktsiyalarni, ya’ni ta’sir ko’rsatishning 
muayyan usullarini, misol uchun, bank hisob varaqlari bo’yicha hisob-kitob 
operatsiyalarini to’xtatib qo’yish, mablag’larni soliq to’lovchilarning hisob 
varaqlaridan so’zsiz hisobdan chiqarish va boshqa usularni qo’llashi mumkin 
bo’lgan hollarda juda muhimdir. Soliq tizimi muvaffaqiyatli ishlashi uchun soliq 
qonunchiligini aniq tartibini ishlab chiqish hamda belgilash zarur. Uning xujjat va 
me’yorlari soliqni tartibga solishning barcha zarur unsurlarini o’z ichiga olishi 
kerak.
Soliq kodeksi mamlakatda soliqlarning yagona kompleks tizimini 
yaratishga, soliq siyosati strategiyasini amalga oshirishda hokimiyat organlari 
barcha darajalarining huquq va majburiyatlari, vakolat va funktsiyalarini aniq 
belgilab olishga, ulardagi mavjud ziddiyatlarga barham berishga xizmat qilmog’i 
kerak. To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar, daromadlar va kapitallarga 
solingan soliqlar, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar o’rtasidagi 
oqilona (optimal) nisbatini topmoq lozim. Moliyaviy jazolarni soliq huquqlarining 
buzilish harakteriga qarab tabaqalashtirish, ularning aniq klassifikatsiyalanishiga 
erishish va moliyaviy jazolarning belgilarini aniqlash maqsadga muvofiq. 
Yuqoridagi fikrlarga qaramasdan, eng avvalo, «Soliq tizimining asosiga aynan 
nima qabul qilinadi?» -degan savolga javob berishimiz kerak. Turli shakllarda 


28 
bildirilayotgan taklif, mulohaza va fikrlarni o’rganib, ularni belgilangan tartibda 
tahlil qilar ekanmiz, bir guruh iqtisodchilar va boshqa sohaning mutaxassislari 
yuqoridagi savolga javob izlanayotgan paytda, O’zbekistondagi soliq tizimi uchun 
asos sifatida olingan tamoyillarning o’zini ham o’zgartirish zarurligi to’g’risida 
turli fikrlarni bildirdilar. Masalan foyda yoki daromaddan olinadigan soliqlarni 
keskin kamaytirish yoki ularni umuman bekor qilish, bu soliqlarni mol-mulkdan, 
erdan va resurslardan olinadigan soliqlar va to’lovlar bilan almashtirish to’g’risida 
takliflar berildi. 
«Boshqa variantga ko’ra korxona va tashkilotlarga nisbatan qilinayotgan 
soliq «zulmi»ni keskin pasaytirish va uni jismoniy shaxslarning gardaniga yuklash 
maqsadga muvofiq deb topilmoqda.»
6
Uchinchi variant qo’shilgan qiymat solig’ini keskin kamaytirish, foyda 
solig’ini pasaytirish va ularni tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun olinadigan 
renta to’lovlari bilan almashtirish, sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlarini 
yuqori darajada soliqqa tortishni ko’zda tutmoqda.
Foyda solig’ini korxonalarning daromadidan olinadigan soliq bilan 
almashtirish tarafdorlari ham bor. «Yuqoridagi variantlarning aralashmasidan 
iborat bo’lgan aralash tizimlar, dunyoning hech birida sinab ko’rilmagan soliqlar 
tizimining «antiqa» variantlari ham taklif qilinayapti.»
7
Va nihoyat byudjetning 
harajatlar qismi bilan bog’lanmagan holda soliqlarni to’g’ridan to’g’ri kamaytirish 
to’g’risidagi mulohazalar ham mavjud.
Birinchi bosqichda foyda solig’i asosiy rolni o’ynashi, uning stavkasi bir 
muncha yuqori foizgacha ko’tarilishi, qo’shilgan qiymat solig’i va ish haqidan 
olinadigan daromad solig’i bekor qilinishi kerak. Keyingi bosqichlarda esa, 
foydani soliqqa tortishning samaraliroq shakllarini qo’llash lozim. Masalan, 
qat’iylashtirilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan maxsulotning hajmiga bog’liq 
bo’lmagan byudjetga foydadan ajratmalarni joriy qilish. Bu kontseptsiya 
6
Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari 118-bet

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə