Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix19.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#111535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
 
0
0,2
0,4
0,6
0,8
1
1,2
1,4
1,6
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
1,1
1,5
0,2
0,3
0,4
0,4
0,3
0,2
0,1


12 

amaliy faollikni rag’batlantirish. 
Agar yurgizilayotgan soliq siyosati strategiyasi ana shu uch vazifani bajarish 
imkonini bersa, uni sira ikkilanmasdan izchil soliq siyosati taktikasi deb hisoblash 
va u mustaqil moliyaviy siyosatni shakillantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
deb qayd etish mumkin. 
1. Soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish.
Yangi soliq siyosati doirasida dastlabki vazifaning bu tarzda qo’yilishi 
amaldagi soliq tushumlarining tarkibi zamonaviy davrning talablariga etarli 
darajada to’liq javob beraolmayotganini ko’rsatmoqda. Soliq tushumlarini tubdan 
o’zgartirish, bir tomondan, saqlanib qolishi mo’ljallanayotgan soliq tushumlarining 
o’zaro nisbatini ancha o’zgartirishni talab qiladi.
2. Resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish. 
Qo’yilgan bu vazifa birinchi vazifaning mantiqiy davomi hisoblanadi. 
Chunki resurslar va mol-mulk solig’ining rolini oshirish sari yuz tutish, o’z 
navbatida, soliq tushumlari tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Boshqa bir 
tomondan resurslar va mol-mulk solig’ining rolini oshirish to’g’risida aniq vazifa 
belgilangan ekan, bu narsa bizning sharoitimizda hamon resurslar va mol-mulkdan 
etarli darajada samarali va oqilona foydalanib kelinmayotganini bildiradi. Bu erda 
resurslar va mol-mulk solig’ini rolini oshirishdan ko’zlangan maqsad ana shu 
soliqlar yordamida ulardan samarali va oqilona foydalanishga ijobiy ta’sir 
ko’rsatishdir. 
3.Jismoniy shaxslardan soliq undirilishining progressiv tizimini joriy etish. 
Yangi soliq siyosati strategiyasi doirasida bu vazifaning qo’yilishi jismoniy 
shaxslardan olinadigan soliqlar mexanizmida bir necha kamchiliklarning borligi, 
amaldagi soliqqa tortish mexanizmi jismoniy shaxslarning faollik darajasini 
oshirishga etarli darajada ta’sir ko’rsatmayotganligi, bu mexanizmni davr talabidan 
kelib chiqqan holda takomillashtirishning zarurligi bilan belgilanadi. Gap bu erda 
jismoniy shaxslar daromadlarining ortib borishi bilan to’lanadigan soliq 
summalarining ham ortib borishi to’g’risida emas, balki ulardan soliq undirishning 
ilg’or tizmini joriy etish to’g’risida ketayapti. Bu ilg’or tizimining joriy etilishi 


13 
jismoniy shaxslar va byudjetning manfaatlariga baravar mos kelishi, jismoniy 
shaxslarning mehnat faoliyatini faollashtirish va o’z mehnat faoliyatini 
faollashtirish va o’z mehnatlarining natijalaridan manfaatdorligini oshirishga olib 
kelmog’i lozim. 
Aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish siyosatini ya’ni to’g’ri soliq siyosatisiz 
amalga oshirishning iloji yo’qligi qayd etilyapti.
Shu o’rinda davlat byudjeti daromadlarining yuksalishi soliqlarning o’z 
vaqtida kelib tushishi korxonalar, jumladan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlarning faoliyatiga chambarchas bog’liqdir. 
Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining 
faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik 
darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liqdir. Bu holat 
esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi 
bilan tavsiflanadi.
Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat 
ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi.
Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar sanoat 
sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha yanada 
yuksaladi. Savdo aylanmasining to’liq muvofiqlashuvi natijasida bu sohada 
ko’rsatkich ulushi pasayishi sodir bo’ladi.
Mahalliyning mashinasozlik va metallga ishlov berish, engil sanoat, ayniqsa, 
trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
sohalarida kichik biznesning o’rni va ulushi etarli darajada emas. Vaholanki barcha 
sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy natijalarga erishamiz.
Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish 
evaziga ta’minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko’ra, 2015 yilga borib, 
respublika bo’yicha kichik biznesning ishlab chiqarilgan YaIM hajmidagi ulushini 
66,1 foizga etkazish Xorazm viloyati bo’yicha esa bu ko’rsatkichni 81.9 foizga 


14 
etkazish ko’zda tutilgan, kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab 
chiqarishining o’sishi 2,5 foizdan kam bo’lmagan holatdagina amalga oshadi
4
.
Soliq siyosatining turli makroiqtisodiy modellardagi nazariy asosini, 1936 
yili ingiliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns iqtisod fanining butun bir yo’nalishiga-
keynschilikka «hayot» bergan va «Bandlik, foiz va pullar umumiy nazariyasi» 
degan kitobni nashr etgan. Xozirgi keynschilik quydagi nazariy xulosalarga 
tayanadi: 
1.Tovar va resurslar bozorlarida nomukammal raqobat hukum suradi. 
Binobarin, narxlar pasayish tomon qayishqoq emas: talab kamayganda ishlab 
chiqaruvchilar o’z mavqelaridan foydalanib, narxlarni avvalgi darajada ushlab 
turadilar. Narxlar asosan resurslar bozorlari monopollashtirish yuqori darajadaligi 
tufayli pasaymayapti. 
2-diagramma 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə