Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix19.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#111535
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
1 foizli punktga
kamaytirilib, qolgan 
stavkalar 2015 yil darajasida saqlanib qolindi. 
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori asosida tuzildi
 


41 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 9-
ilovasiga muvofiq quyidagi miqdorlarda tasdiqlandi: 
2 rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha 
o’zgarishlar
12
Bunda, soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo‘yicha soliq solish shkalasi 
yil boshiga – 2016 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 
240 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori 
o‘zgargan taqdirda ham qayta ko‘rib chiqilmaydi. 
Yagona soliq to‘lovining stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun 
(savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 10-1-ilovasiga 
muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar 
va kichik korxonalar uchun 10-2-ilovasiga muvofiq hamda ayrim toifadagi 
korxonalar uchun 10-3-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. 
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori asosida tuzildi 
 


42 
2016 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi 
mikrofirma va kichik korxonalar (bundan 10-1-ilovaning 2-7-bandlarida nazarda 
tutilganlar mustasno) uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foiz miqdorida 
belgilandi. 
2. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 
(bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yildagi soliq 
stavkasiga nisbatan 1 foizli punktga pasaytirilib, 2016 yil 1 yanvardan boshlab 5 
foiz qilib belgilandi. 
3 rasm. Mikrofirma va kichik korxonalar bo’yicha yagona soliq stavkasi.
13
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq 
solinadigan bazaga nisbatan 10 foiz, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi 
ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun esa – soliq solinadigan 
bazaga nisbatan 8 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 
13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori asosida tuzildi 
 


43 
Quyidagi joylarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun (bundan 
ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hamda 
ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari mustasno): 
aholi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda – yagona soliq 
to‘lovi stavkasi 4 foiz miqdorida
boshqa aholi punktlarida – yagona soliq to‘lovi stavkasi 2 foiz miqdorida
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – yagona soliq to‘lovi stavkasi 1 
foiz miqdorida saqlanib qolindi. 
Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar 
uchun (bundan dorixona tashkilotlari mustasno) yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 
yil darajasida 5 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 
2016 yilning 1 yanvaridan boshlab faoliyatni yuritish joyidan qat’iy nazar 
benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz, shuningdek alkogolli va tamaki 
mahsulotlarini sotuvchi chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi 
stavkasi unifikatsiya qilinib, tovar oborotiga nisbatan 4% miqdorida belgilandi. 
4 rasm. Yagona soliq stavkasi.
14
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori asosida tuzildi
 


44 
Ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi dorixona tashkilotlari uchun 
yagona soliq to‘lovi stavkasi joylashgan joyiga qarab quyidagicha belgilandi: 
aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda – 3 foiz 
miqdorida; 
boshqa aholi punktlarida – 2 foiz miqdorida; 
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 
Aholi punktlarini borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlari tarkibiga kiritish 
«Aholi punktlarini borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlar tarkibiga kiritish tartibi 
to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaga (Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda 
1868-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) muvofiq amalga oshiriladi. 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun (chakana savdo korxonalari bundan 
mustasno) yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisoblashda yagona baza 
etib, ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan 
yer solig‘ining uch karra miqdoridagi summani belgilash tartibi saqlanib qolindi, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan hamda O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga olib kelinadigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga 
aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 
dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 13-1 va 13-2-ilovalariga muvofiq 
tasdiqlandi. 


45 
5- rasm. Aktsiz solig’i stavkasi.
15
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 19-
ilovasiga muvofiq, mol-mulklarning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,5 foiz 
(2015 yil 1,3 foiz) miqdorida belgilandi. 
6-
rasm. Jismoniy shaxslarning mol mulk solig’i stavkalari.
16
15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori asosida tuzildi

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə