Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq siyosatidagi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix19.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#111535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
 
2.2. O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq siyosatidagi 
o’zgarishlar. 
O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir 
izchil soliq siyosati strategiyasi olib borish natijasida har yili soliq yukini 
kamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishga


39 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste’mol 
talablarini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni 
birxillashtirishga 
katta 
e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish 
mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar 
faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini 
samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol respublikamizda 
qo’llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirish 
zarurati bilan izohlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi 
«O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori bilan 
Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 8-
ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 2015 
darajasida – 7,5 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 
Tijorat banklari uchun soliq stavkasi ham 2015 yil darajasida – 15 foiz 
miqdorida saqlanib qolindi. 
2016 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib 
chiqib foyda solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari quyidagicha belgilandi: 
rentabellik darajasi 20 foizgacha - 7,5 foiz miqdorida
rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan foyda summasiga - 50 foiz 
miqdorida. 
Rentabellik foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda summasining sotilgan 
mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati 
sifatida aniqlanadi. 


40 
1 rasm. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha o’zgarishlar
11
Eksport qiluvchi korxonalar uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, 
xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish joyidan qat’i nazar) 
erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushiga bog‘liq holda foyda solig‘i stavkasini 
pasaytirish 
tartibi 
saqlanib 
qolindi, 
bundan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan 
ro‘yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari mustasno. 
Eksport ulushi: 
– sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda, belgilangan 
stavka 30 foizga pasaytiriladi; 
– sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganda, belgilangan 
stavka 50 foizga pasaytiriladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarida soliq 
solinadigan daromadning ikkinchi shkalasi 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə