52
Jahonning iqtisodiy rivojlangan davlatlari qatoriga
kiruvchi Germaniyada
byudjet-soliq siyosatining samarali mexanizmi yaratilgan. Germaniya byudjeti
daromad va harajatlari ma’muriy boshqaruvning uch darajasini o’z ichiga oladi:
1.
Markaziy byudjet (Federal byudjet);
2.
Regional byudjet;
3.
Mahalliy byudjetlar.
1974 yildan boshlab davlat byudjetiga ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot
fondlari ham kiritilgan.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Germaniyada soliqqa tortish tizimi
federatsiyalar, erlar va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Byudjet xo’jaligini
mustaqil
yuritish tamoyillari umumdavlat va erlarning manfaatlarini ko’zlagan holda olib
borildi. Natijada hozirgi kunda Germaniya Respublikasida soliq tizimida 40 dan
ortiq soliq turlari mavjud.
Germaniyada soliqlar federatsiya, er, qo’shma (federal
va erlar bilan
birgalikda), munitsipial, jamoa va cherkov soliqlariga bo’linadi. qo’shma soliqlar
Germaniya davlat byudjetining o’ziga xosligini namoyon etadi. quyidagi jadvalda
qo’shma soliqlarning taqsimlanishi keltirilgan:
Germaniya Respublikasida byudjetning markazlashmaganligi
markaziy byudjet
vositalari mablag’larini qayta taqsimlanishi bilan emas, balki byudjet daromadlari
manbalarining qonuniy biriktirilib qo’yilishi bilan amalga oshiradi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, Germaniyada har bir soliq bo’yicha
deyarli
alohida me’yoriy hujjatlar mavjud. Bu mamlakatda jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i bevosita (to’g’ri) soliqlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Soliqqa
tortish ob’ekti bo’lib, ish haqi, erkin kasb daromadlari, gonorarlar, kapital daromadlari,
banklar jamg’armalaridagi foizlar,
ijara haqi, xususiy ish faoliyatidan olinadigan
daromadlar va boshqalar kiradi.
Germaniyada kapitaldan olinadigan daromad solig’i jismoniy shaxslardan olinib,
dividendlar va foizlarga nisbatan hisoblanadi. Byudjetdagi jami daromadlarda ushbu
soliqning salmog’i 2-3%ni tashkil etadi.
18
O’zbekiston Respublikasi. Moliya vazirligining statistik materiallari
Dostları ilə paylaş: