Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/200
tarix26.02.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#101538
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   200
Marketing

d e y i l a d i .
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki 
xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi 
bo’lgan masalaga bog’liq.
Sanoat tovariari va keng iste’mol tovariari uchun tanlov mezonlari bir- 
biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan 
maqbul mezon tovami bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri 
kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan
1 Котлер Ф. Маркетинг в третьем тысячелетии: Как создать, завоевать и удержать
рынок. - М.: Издательство ACT, 2000.


farqlami izoplab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to 
bu farqlami ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlami davom ettirish lozim.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlami o’iganib, 
ulaming obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablami tasawur qilishdan 
iborat. Hoziigi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangj, yuqori sifatli 
tovar va kompleks servis texnika xizmatlami hamda samarali sotish usuUarini 
qo’Uashdan iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining 
ustuvor turi iste’molchilami o’iganish 
navbatida bozomi segmentlashdan 
boshlanadi, chunki bozor bir xil subyektlardan tashkil topgan emas.
8.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari
Bozomi segmentlash, bozomi o’iganishning asosiy usulidir. Uning yordamida 
bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo’linadi. Bozor segmenti-bu 
iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilaming shunday ajratilgan qismiki , ular 
uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozomi to’g’ri segmentlash, shu segmentning 
spetsifik ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib 
berishni to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Iste’mol tovariari bozorini tadqiq 
etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. 
Birinchisi xaridorlaming daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning 
hayot sikli, kasbi, turmush taizi va shunga o’xshash umumiy belgilami hisobga 
oladi. Mezonlaming ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlaming qadriyatlari 
tizimi yoki ulaming marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi 
sotish tizimi kabi vositalariga ko’rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. 
Amaliyotda birinchi usul ko’proq qo’llaniladi, ikkinchi usulni qo’llash qo’shimcha 
qiyinchiliklami keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psihologiya 
sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo’li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini 
amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlaming munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad 
hisoblanadi. Ko’pgina mamlakatlarda daromad bo’yicha 
u£h
guruhga 
segmentlashdan keng foydalaniladi.
Birinchi gurah, eng yuqori daromadga ega bo’lgan xaridorlar, amalda 
ular jami xaridorlaming 10 foizini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlami 
xarid etadilar, xarid quwati hamda o ’z guruhi izzat nafsi bunga imkon 
beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda bor, ulaming daromad miqdori 
shu mamlakatning umumiy boyligiga bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi guruh - har bir mamlakatdagi o’rtacha daromad egalaridir, 
ulaming soni juda ko’p, garchi bu guruh ichida yana o’ziga xos tabaqalanish 
bo’lsa-da, umuman olganda shu mamlakatda bozoming umumiy standartini


belgilaydigan, yalpi tovarlaming asosiy xaridorlari shular hisoblanadi.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə